“Bavariya” himoyachisi Benjamen Pavar ehtimoliy transferi borasida “Barselona” bilan bog‘langan.
Fransuzning nemis klubi bilan shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga yetadi va futbolchi jamoani tark etish istagida.
kicker nashrining xabar berishicha, Pavar hozirda transfer bozorini o‘rganmoqda. Futbolchining vakillari “Barselona” bilan aloqaga chiqqan. Kataloniyaliklar ham Benjamenning transferiga qarshi emas. Hozirda “ko‘k-anorranglilar”ning o‘ng qanot himoyasida muammolar mavjud.
26 yoshli futbolchi joriy mavsum “Bavariya” safida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta golga mualliflik qildi.
Izoh (0)