2023-yilda Rossiya hududida boshqa davlatlar bilan birgalikda sakkizta harbiy mashg‘ulot o‘tkaziladi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi saytidagi xabarda aytiladi.
Xabarda keltirilishicha, Rossiya poligonlarida quyidagi davlatlar bilan manyovrlar o‘tkaziladi:
- Hindiston bilan “Indra—2023”;
- Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) mamlakatlari bilan “Tinchlik missiyasi—2023”;
- Pokiston bilan “Do‘stlik—2023”;
- Mo‘g‘uliston bilan “Selenga—2023”;
- Markaziy Osiyo mintaqasining Kollektiv tezkor joylashuv kuchlari ishtirokidagi “Chegara—2023”;
- Jazoir bilan;
- Laos bilan;
- Vyetnam bilan.
Dekabr oyi oxirida Rossiya Xitoy bilan “Dengiz orqali hamkorlik—2022” deb nomlangan bir haftalik qo‘shma harbiy mashg‘ulot o‘tkazgan edi. Ularda Rossiyaning Tinch okean floti va Xitoy dengiz flotining harbiy kemalari ishtirok etdi.