Qozog‘istonning Almati shahrida shaxmatning rapid va blits yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. 28-dekabr, chorshanba kuni rapid yo‘nalishida g‘oliblar aniqlandi.
Musobaqaning so‘nggi 13-turida o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov Ozarbayjon vakili Rauf Mamedovga qarshi dona surdi va durang natija qayd etdi. Shu tariqa Abdusattorov rapid bo‘yicha Jahon chempionatini 8,5 ochko bilan qo‘shimcha koeffitsiyentlarga ko‘ra 10-o‘rinda yakunladi.
Norvegiyalik Magnus Karlsen 13 ta turda 10 ochko jamg‘arib, rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioniga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilda Nodirbek Abdusattorov rapid yo‘nalishida chempionga aylangan edi.
Izoh (0)