Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni Sankt-Peterburg shahrida Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashabbusi bilan o‘tkazilgan Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etdi.
Yetakchilar joriy yilgi hamkorlik yakunlarini sarhisob qilib, 2023-yil uchun ustuvor vazifalarni muhokama qildilar. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
27-dekabr kuni prezident MDH davlatlari rahbarlari bilan birgalikda Sankt-Peterburgdagi Davlat rus muzeyiga tashrif buyurdi. Bu yerda mehmonlar muzey to‘plamidagi eksponatlar va san’at asarlari bilan tanishdi hamda norasmiy uchrashuv o‘tkazdi.
Shu bilan davlat rahbarining amaliy tashrifi yakunlandi, u “Pulkovo” xalqaro aeroportidan Toshkentga jo‘nab ketdi.
Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Rossiyada MDH davlatlari rahbarlari norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
Izoh (0)