Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent viloyatining Parkent tumanida daraxtlar noqonuniy kesib tashlangani haqida xabar berilgan edi. Viloyat prokuraturasi holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Foto: Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi

Foto: Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi

Viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi ma’lumotida Parkent tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan Davlat xizmatlari agentligiga 25-oktabr kuni yo‘llangan arizada quriyotgan yoki qurib qolgan 6 tup yovvoyi olma, 16 tup terak, 12 tup Zarafshon archasi, 25 tup past bo‘yli qayrag‘och, 8 tup shumtol, 6 tup zarang bargli chinor daraxtlarini kesishga ruxsat so‘ralgani, biroq Krasnogorsk qo‘rg‘oni hududidagi “Oydin”, “Toybuloq”, “Said ota“, ”Fayzobod" mahallasi hududlari ko‘zdan kechirilganda jami 57 tup ko‘p yillik sog‘lom daraxtlar tag qismidan noqonuniy kesilgani qayd etilgandi.

Viloyat prokuraturasi holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazdi.

Aniqlanishicha, tuman Obodonlashtirish bo‘limi tomonidan tumanning “Qizil tog‘” MFY hududidagi qurib qolgan daraxtlarni kesish yuzasidan Davlat xizmatlari agentligiga elektron shaklda murojaat qilingan. Jarayonda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yilgani natijasida ruxsat berilgan daraxtlardan tashqari 7 tup daraxtlar ham kesilgan va o‘simlik dunyosiga 587 503 185 so‘mlik zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan tuman obodonlashtirish bo‘limi boshlig‘i va boshqalarga nisbatan Toshkent tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bundan tashqari, Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida ham daraxtlar noqonuniy kesib ketilgani aniqlangandi. Holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib, tabiatga etkazilgan zarar miqdori 394 million so‘m, deb baholangan.

Izoh

Xurshid Norboyev

23.12.2022, 15:31

Gaz yuq to‘k yo‘q daraxt kesiladida odamlar jon saqlashi kerakku

Asosiy yangiliklar
Dunyo
Shimoliy Koreya “josus” sun’iy yo‘ldoshini uchirish sanasini e’lon qildi
Mahalliy
Xalq demokratik partiyasi O‘zbekiston prezidentligiga nomzod va uning dasturini tasdiqladi
Maslahatlar
Raqamli detoks: gadjetlar ta’sirini kamaytirishga yordam beradigan 7 ta maslahat