Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Prezident topshirig‘iga asosan, so‘nggi uch kunda Toshkent shahridagi jamoat transporti tizimidagi muammolarni bartarf etish maqsadida tezkor choralar amalga oshirilyapti. 16—17-dekabr kunlari poytaxtga 204 ta avtobus olib kelindi va yo‘nalishga chiqarildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Natijada yo‘nalishdagi avtobuslarning harakatlanish oraliq vaqti 25—30 daqiqadan 10-12 daqiqaga qisqaradi. Shahardagi 148 ta yo‘nalishning 34 tasi muammoli ekani aniqlandi. Barcha yo‘nalishlarga 200 dan ortiq qo‘shimcha avtobus jalb etilgach, 17 ta yo‘nalishdagi muammo bartaraf etildi, biroq aholi ehtiyojlarini to‘liq qondirish uchun yana 21 ta yangi avtobus yo‘nalishi shakllantirilishi zarur.

Poytaxtdagi 8 ta avtobus parkining 1374 ta transport vositasi to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazildi, ulardan texnik nosoz holatdagi 259 ta avtobusning 89 tasi ta’mirlandi. Haydovchilar tanqisligini bartaraf etish maqsadida 2 425 nafar “D, E” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxati shakllantirildi, hozirga qadar ularning 140 nafardan oshiq ishga qabul qilindi.

Avtobus saroylaridagi mavjud issiqlik, suv va shu kabi boshqa muammolar bartaraf etildi. Bu boradagi ishlar davom etmoqda.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev bosh vazirga mart oyigacha Toshkentga 1000 ta avtobus olib kelish bo‘yicha topshiriq bergani haqida gapirgandi.

Mavzuga doir: Toshkentda avtobus haydovchilari oyligi ikki barobarga oshirildi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Maslahatlar
Shirinliklar o‘rniga nima iste’mol qilish mumkin? Qaddi-qomatga zararsiz tavsiyalar