“Real” qishki transferlar oynasida Eden Azar bilan xayrlashmoqchi.
Marca nashrining xabariga ko‘ra, madridliklar rahbariyati mavsum oxiriga qadar jamoada qolishni xohlayotgan futbolchiga ishonchini yo‘qotgan.
“Real” Azar Jahon Chempionatini o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata oladi deb umid qilgandi. Biroq Azar Belgiya bilan birga omadsizlikka uchradi.
Hozircha yarim himoyachiga MLSdan taklif bor. Azarning o‘zi qanday qaror qabul qilishi noma’lum.
Avvalroq Eden JCH—2022 dagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng Belgiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagani xabar qilingandi.
Izoh (0)