• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Ular men uchun dushman. Daraja borasida Nurmagomedovdan ustunman”. Saidyoqub Qahramonov UFC’dagi 3-jangi oldidan intervyu berdi

    O‘ta yengil toifasida UFC jangchisi Saidyoqub Qahramonov (10-2) O‘zbekiston vaqti bilan 18-dekabr tongi bo‘lib o‘tadigan jang oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    O‘zbekistonlik yakkakurashchi UFC Vegas 66 musobaqasida rossiyalik Said Nurmagomedovga (16-2) qarshi jang qiladi.

    “UFC’ga kirib kelishi haqida

    Sportchilar oilasidan chiqqanman, Samarqandda men uchun faqat sport bor edi. Birinchi navbatda maktab, keyin sport edi. Sambodan boshlaganman. 2010-yilda, 13 yoshimda AQSHga kelganman va bu yerda ham sportni davom ettirdim.

    Men uchun haqiqiy sport Amerikada boshlangan, chunki bu yerda imkoniyatlar ko‘p edi. Undan uyog‘i katta hikoya, faqat sport. Sportni deb ko‘p narsadan voz kechganman: tug‘ilgan kun, bayram, to‘y, oilaviy marosimlar. Yig‘inlarda bo‘lganim bois oilam bilan ko‘p vaqt birga bo‘lolmasdim. Yilda 2-3 oy oilam bilan birga bo‘lsam, qolgan 7-8 oy faqat yig‘inda bo‘lganman.

    Maqsad UFC’ga kelish bo‘lgan. Xudoga shukr, shu darajaga yetib keldim. Bundan keyin yuqori marralar sari intilaman.

    UFC shartnomasi borasida

    Ayni vaqtdagi shartnomam 4 ta jangga mo‘ljallangan, bunisi uchinchi jang bo‘ladi.

    Said Nurmagomedov haqida

    Menda unga nisbatan hech qanday agressiya yo‘q. Noto‘g‘ri tushunmang, ular bizni xalqni mehmondo‘st, yuvosh, kamtar deb hisoblaydi. Ammo sportda yuvoshlik ketmaydi. Agar unga biror gapim yoqmagan bo‘lsa, unda shanba kuni alamini olishga yaxshi imkoniyat bor.

    Ularga bunday gap qiladigan bo‘lsam, hayron qolishadi, ko‘zlari katta-katta bo‘lib ketadi. ‘Vau, biz o‘zbeklardan bunaqasini kutmagandik’, deydi. Men ularga raqib, dushman sifatida qarayman. Chunki unga qarshi jang qilaman, agar u meni urib qo‘ysa, uyga faqat bitta chek bilan qaytaman. U meni nonimni yarimta qiladi. Biroq bunga yo‘l qo‘ymayman.

    Raqibga dushman sifatida qarayman va unga nisbatan hech qachon yuvosh bo‘lmayman. Gaplarim unga ta’sir qilgan bo‘lsa, bu uning muammosi. Uni intervyusini ko‘rdim, biroq u meni mutlaqo qiziqtirmaydi. Agar qiziqtirganda, balki unga o‘xshab jahl qilardim.

    Jangda tezroq finishga intilishi haqida

    Imkon qadar jangni tez tugatishga harakat qilaman. So‘nggi raqib bilan jangni to‘liq davom etganiga keladigan bo‘lsak, u kuchli jangchi edi. Har bir sportchi oktagonda jangni tezroq yakunlashga harakat qiladi. Jangni atayin cho‘zishini aytganlarning gapi esa safsata.

    Saidning ‘stoyka’siga kelsak, u bir raundlik ‘stoyka’. 2–3-raundda u charchab qoladi. So‘nggi jangini olsak, raqibi 37 yoshli qariya edi, 1-raunddan keyin undan battar charchab qoldi. Uning uslubi shunday, oyoqda tepish, aylanib tepish juda katta kuchni olib qo‘yadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Bosim yo‘qligi borasida

    Birinchi jangimda hayajon kuchli edi, hatto ikkinchisida ham. Birinchi jangni olti kun avval bildim, vazn tashlashga ham ulgurmagandim. Ikkinchi jangda esa qay darajada ekanimni UFC’dagilarga isbotlashim kerak edi. Shu bois ko‘proq teykdaunlarga e’tibor qaratdim. Turib jang qilishda imkoniyatlar 50/50. Kim birinchi qattiq zarbani yo‘llasa, o‘sha yutib ketadi. Shu bois tavakkal qilolmasdim.

    Bunisida esa hech qanday bosimni his qilmayapman. Balki bu yaxshidir, balki yomon. O‘zimga shu qadar ishonyapman-ki, bu yigitning darajasi menikidek emas, deya olaman. Maqtanish emas, bu sportcha ishonch deyiladi. Uning ‘stoyka’si ham yaxshi deb o‘ylamayman. Chunki uning raqiblariga qarasangiz, yaxshi saviyadagisi bitta va Said unga yutqazgan. Nurmagomedov 30 yoshda va faoliyatining cho‘qqisidan o‘tdi.

    Said Nurmagomedov bilan farqi borasida

    O‘zini kamtarman deydi, hayotda hammamiz kamtarmiz. Biroq bu sportda kamtarlik ketmaydi. Odamlar bizning 15 daqiqalik jangni ko‘rganda, hayot tashvishlarini esdan chiqarishi kerak, men shunga intilaman.

    U 7 ta jang qilgan va hamon prelim kardda yuribdi, chunki UFC uni hurmat qilmaydi. “Agar men ‘hech kim’ bo‘lsam, nega men bilan jangni qabul qilding? O‘zingdan yuqori turganlar bilan jang qil”. Lekin unga reytingi yuqori jangchilarni berishmaydi, buni o‘zi ham biladi. Chunki u tashkilotchilarga qiziq emas, ular muxlislarga bu mahsulotni sotolmaydi. Men esa ikkita jangdan keyin top-15 dagi yakkakurashchi bilan jang qilyapman.

    Top-15 likka kirgandan keyingi rejalari haqida

    Men 27 yoshga kirdim va 30—32 yoshgacha bu yerda yurishni istamayman. Misol uchun, Shon O’Melli, Peddi Pimblett — ular yutqazsa ham tashkilotchilar va muxlislar uchun ‘yoqimtoy’ bo‘lib qolaveradi. Saiddaqalarning esa yutishi va yutqazishi ham ularga qiziq emas. Men ham shunday bo‘lib qolishni xohlamayman. Buning uchun nima kerak, albatta, muxlislar e’tibori.

    Sportda ko‘p qolmoqchi emasman, undan keyingi rejalarim bor. Keyingi 2-3 yilda kamarga yetib borsam, yetib boraman ham. Shundan so‘ng bo‘ldi, to‘xtataman.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    O‘zbekistonlik MMA vakillari haqida

    Men barchasini kuzatib boraman, ular axir hamkasblarim. Biroq so‘nggi vaqtlarda o‘zbek MMA’sida firibgarlik, soxta piar ko‘payib ketgan. Haqiqiy sportchilar kam. Chinakam sportchi natija ko‘rsatishi kerak.

    Biznikilarga hozir Instagram’da ko‘proq layk olish, obunachi yig‘ish va reklama sotish qiziq bo‘lib qoldi. Reklamachi jangchilar ko‘payib ketdi. Haqiqiy jangchilar esa kamtariligi tufayli qolib ketyapti. Zo‘r bolalar bor, yaqin 2-3 yilda ko‘payib qolamiz. Buning uchun yaxshi murabbiy bilan ishlash va jangchi mentalitetiga ega bo‘lish kerak. Yuvosh va mehmondo‘st mentalitet bilan bu sportda yutib bo‘lmaydi”, — deydi Qahramonov.

    Qahramonov va Nurmagomedov o‘rtasidagi jang UFC Vegas 66 prelim kardidan o‘rin olgan. Musobaqa O‘zbekiston vaqti bilan 18-dekabr tongida bo‘lib o‘tadi.

    16.12.2022, 23:58   Izoh (0)   27611
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Real”, Argentina, Marokash va “Golden Steyt”. AIPS talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi jamoalari aniqlanmoqda

    16.12.2022, 22:35

    Hakim Ziyosh JCH—2022 dagi ishtirokidan olgan pullarini Marokashdagi muhtojlarga xayriya qiladi

    16.12.2022, 21:03

    Sinisha Mixaylovich 53 yoshida vafot etdi

    16.12.2022, 19:25

    “Manchester Siti” yetakchi, “Barselona” — 2, “Chelsi” esa 4-o‘rinda. Futbolchilarining JCH—2022 da ishtiroki uchun FIFAdan eng ko‘p pul oladigan klublar

    16.12.2022, 18:41

    Rasman: Serxio Buskets Ispaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

    16.12.2022, 17:25

    FIFA prezidenti 2025-yildan boshlab klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati formati o‘zgarishini ma’lum qildi

    16.12.2022, 17:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatadi

    Dunyo | 8 avgust, 23:45

    Toshkent viloyatida mashina ustiga chiqib salyut uchirgan bloger 7 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 23:30

    Braziliyada sigir uch kunda rekord miqdorda 343 litr sut berdi

    Dunyo | 8 avgust, 23:14

    Ukraina bilan urush boshlanganidan beri Qodirovlar oilasi 150 taga yaqin mukofot oldi

    Dunyo | 8 avgust, 22:50

    “Hech kim yo‘qligi uchun bergandim”: 5-sinf o‘g‘liga mashina rulini topshirib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:35

    Tramp ma’muriyati muhojirlarni Luiziana qamoqxonasiga joylashtiradi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 22:25

    Toshkentda elektr taʼminotini yaxshilash uchun ikki yilda 2,8 trln so‘m sarflandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:23

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:09

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.