Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatda uni “muloqot va diplomatiyaga” chaqirdi. Bu haqda The Indian Express xabar berdi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

“Putin bilan suhbat chog‘ida Bosh vazir Modi Ukrainada davom etayotgan mojaroni hal qilishning yagona yo‘li sifatida muloqot va diplomatiyaga chaqiruvini yana bir bor ta’kidladi”, — deyiladi bayonotda.

Tomonlar energetika, savdo, sarmoya, mudofaa va xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni ham muhokama qilgan. Hindiston bosh vaziri Ukrainadagi urushda yadro qurolidan foydalanish bilan tahdid qilganidan so‘ng Vladimir Putin bilan har yili yuzma-yuz bo‘lib o‘tadigan sammitni bekor qilgandi.

Hindistonning qarori sentabr oyida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan mintaqaviy sammitda, Modi Putinni Ukrainada tinchlik o‘rnatishga undaganida ma’lum bo‘lgan. Kreml Hindistonni ommaga Ukrainadagi urush sababli xalqaro tanqidlarga qo‘shilmagan, ko‘proq savdoga intilayotgan asosiy davlat sifatida namoyish qilgan. Hindiston Tashqi ishlar vazirligi vakili elektron pochta orqali sammit bekor qilinganiga izoh berishdan bosh tortgan.

Mavzuga doir: Hindistonning Rossiya–Ukraina bo‘yicha pozitsiyasi e’lon qilindi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova