Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hindistonning Birlashgan millatlar tashkilotidagi vakili Ruchira Kamboj mamlakatning Rossiya–Ukraina urushiga nisbatan pozitsiyasi ma’lum qildi. Bu haqda Tribune India xabar berdi.

Foto: IE

Foto: IE

Kambojning so‘zlariga ko‘ra, Hindiston passivlikdan yiroq, mamlakat doimo tomonlarni tinchlikka chaqiradi va har ikki tomoni bilan muloqotni davom ettiradi. Bundan tashqari, Hindiston Ukrainaga insonparvarlik yordami, jumladan, 12 ta dori-darmon partiyasini jo‘natdi.

Rasmiyning ta’kidlashicha, Hindiston bo‘yicha mo‘tadil pozitsiyalar bilan harakat qilmoqda va urushayotgan tomonlar o‘rtasida ko‘prik qurmoqda. Kamboj Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning AQSH Hindistonni Rossiya va Xitoyga qarshi pozitsiyaga yo‘naltirayotgani haqidagi bayonotiga munosabat bildirgan.

“Hindiston katta davlat va o‘z erkin va mustaqilligini g‘urur bilan saqlab kelmoqda”, — degan u.

Mart oyida Lavrov AQSH Rossiya bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan davlatlarga, jumladan, Hindiston, Misr, Turkiyaga bosim o‘tkazishga harakat qilayotganini aytgandi. Siyosatchi 1-sentabrda esa AQSHning Hindiston va boshqa davlatlarni Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilishga majburlayotgani haqida ma’lumot bergan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi