Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkiyaning Istanbul shahar meri Ekrem Imomo‘g‘li Markaziy saylov komissiyasi vakillarini haqorat qilgani uchun 2 yil-u 7 oyga ozodlikdan mahrum qilindi, deb xabar beradi HaberTurk.

Ekrem Imomo‘g‘li

Ekrem Imomo‘g‘li
Foto: EPA

Imomo‘g‘li 2019-yilda munitsipal saylovlarda g‘olib chiqqanidan keyin, bundan avvalgi saylovlar natijalarini bekor qilgan MSK vakillarini “ahmoqlar” deb atagandi, u birinchi saylovlarda ham g‘alaba qozongandi. Ushbu holat bo‘yicha unga nisbatan ochilgan ish bir necha yil davomida ko‘rib chiqilgan.

Qamoq muddatidan tashqari, sud Imomo‘g‘liga siyosiy faoliyatni ham taqiqladi. Avvalroq u 2023-yil iyunida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan prezident saylovida amaldagi davlat rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning ehtimoliy raqiblaridan biri bo‘lishi aytilgandi.

Siyosatchining o‘zi sud majlisida qatnashmadi, unga advokatlari vakillik qildi.

Imomo‘g‘li 52 yoshda. U 2008-yildan buyon Turkiyaning “Respublika-xalq partiyasi” a’zosi hisoblanadi, u Erdo‘g‘onning “Adolat va taraqqiyot partiyasi”ga nisbatan muxolifat pozitsiyasiga ega. 2014-yildan 2019-yilgacha u Beylikduzu (Istanbulga qarashli shahar) meri bo‘lgan.

2019-yil mayida Istanbul meri lavozimiga bo‘lib o‘tgan saylovlarda Imomo‘g‘li Erdo‘g‘onning maslakdoshi Binoli Yildirimni kichik farq bilan ortda qoldirdi, biroq MSK ovoz berish jarayonidagi qonun buzilishlari tufayli natijalarni bekor qilib, iyun oyiga qaytadan saylovlarni belgiladi. Takroriy saylovda ham Imomo‘g‘li g‘alaba qozondi.

Turkiyada prezident saylovi 2023-yil 18-iyunda bo‘lib o‘tishi kerak. Erdo‘g‘onning partiyasi fevraldayoq amaldagi prezident yana o‘z nomzodini qo‘yishini e’lon qilgandi. Iyunda esa u davlat rahbari lavozimiga nomzod sifatida rasman ilgari surildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Prava”ni yangisiga almashtirib beradigan onlayn xizmat faoliyatida nosozlik kuzatilmoqda
Mahalliy
O‘zbekistonda gaz zapravkalar qayta ochilishi kutilmoqda
Dunyo
Rossiya Belarusga yangi harbiy qismlar joylashtirdi — Ukraina chegara xizmati