Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Twitter ijtimoiy tarmog‘i egasi, Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask @ElonJet Twitter-akkaunti egasi, 20 yoshli Jek Suinini sudga berganini ma’lum qildi. U biznesmen samolyotining harakatlari haqida axborot e’lon qilgan.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Maskning so‘zlariga ko‘ra, yaqinda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan voqeadan keyin u sudga murojaat qilgan. U yerda “aqldan ozgan stalker” biznesmenning o‘g‘lini biroz vaqt davomida ta’qib qilgan — uni Ilon Mask deb o‘ylagan, so‘ng uning mashinasi yo‘lini to‘sib qo‘yib, kapotga chiqqan.

Hodisadan keyin Mask Twitter’da foydalanuvchilarning joylashgan joyi haqida real vaqt rejimida ma’lumot beruvchi har qanday hisob yopib qo‘yilishini, chunki bu odamlarning jismoniy xavfsizligiga tahdid solishini ma’lum qildi. Shuningdek, u uning oilasiga zarar yetkazilishini qo‘llab-quvvatlagan allaqanday tashkilotlarni sudga berganini qo‘shib qo‘ydi.

Mask sudlashmoqchi bo‘layotgan Jek Suinining o‘zi BBC News’ga ma’lum qilishicha, uning biznesmenning o‘g‘li bilan yuz bergan voqeaga aloqasi yo‘q. Shuningdek, uning aytishicha, Twitter’da yarim million obunachisi bo‘lgan sahfasi 14-dekabr kuni yopib qo‘yilgan. Bundan tashqari, Suini CNN’ga aytib berishicha, bir yil avval Mask unga murojaat qilib, @ElonJet akkauntini o‘chirib tashlashni so‘ragan. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘shanda biznesmen unga besh ming dollar taklif qilgan, u esa 50 ming dollar so‘ragan va Mask rad javobi bergan.

BBC News yozishicha, Suini Microsoft ta’sischialridan biri Bill Geyts, Amazon asoschisi Jeff Bezos va Meta bosh direktori Mark Sukerberg kabi mashhurlarning parvozlarini kuzatib borgan boshqa o‘nlab akkauntlarga ham mas’ul bo‘lgan. Bundan tashqari, Suini Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchgan ehtimoliy samolyotlarni ham kuzatgan. Bu akkauntlarning aksariyati ham bloklab qo‘yilgan.

2022-yil kuzida Ilon Mask Twitter’ning yagona egasiga aylandi, shundan keyin kompaniyada islohotlar bo‘lib o‘tdi, natijada xodimlar ommaviy ravishda ishdan ketdi va ijtimoiy tarmoq Ishida ham turli o‘zgarishlar yuz berdi. Mask yaqin oylar ichida Twitter “ko‘plab ahmoqona narsalar”ni qilishi haqida ogohlantirdi. “Biz ish bergan narsalarni qoldirib, ishlamaydiganlarini o‘zgartiramiz”, — dedi biznesmen.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi