• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12496.94
    • RUB159.38
    • EUR14405.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Yevroparlament tarixidagi eng yirik korrupsiya mojarosi — “Qatargeyt” qanday bormoqda?

    Yevroparlament deputatlari 13-dekabr kuni deyarli bir ovozdan korrupsiyada gumon qilinayotgan spiker o‘rinbosari Yeva Kaylining vakolatlari muddatidan oldin tugatilishini yoqlab chiqdi. Kaylining o‘z lavozimidan chetlatilishiga faqat bir deputat qarshi chiqdi, ikki kishi esa betaraf qoldi. Bu Yevroparlament tarixidagi eng yirik deb atalayotgan korrupsiya mojarosi — “Qatargeyt”ning yangi bosqichidir, deb yozadi Politico.

    Yeva Kayli

    Yeva Kayli
    Foto: EPA

    Yevroparlamentning 14 nafar vitse-spikerlaridan biri Yeva Kayli 9-dekabr kuni qo‘lga olindi. OAVlar xabarlariga ko‘ra, u futbol bo‘yicha 2022-yilgi jahon chempionatini tashkillashtirishda Qatar manfaatlarini lobbilashtirishda ayblanmoqda. Xususan, Le Soir gazetasi ma’lumotlari bo‘yicha, gap chempionat uchun obyektlar qurilishida ishlagan muhojirlar huquqlarining muntazam buzilib kelishi bilan bog‘liq ayblovlar fonida mamlakat obro‘sini “yuvish” haqida bormoqda.

    Surishtiruv chog‘ida Belgiya federal politsiyasi xodimlari 20 ta tintuv o‘tkazdi, natijada qariyb bir yarim million yevro naqd pul musodara qilindi. Korrupsiya va pul yuvish ayblovlari, Kaylidan tashqari, ishning yana kamida uch ishtirokchisiga nisbatan ilgari surildi, bular — Yevroparlament sobiq deputati va Fight Impunity huquqni himoya qilish assotsiatsiyasi rahbari Pyer Antonio Panseri, Xalqaro kasaba uyushmalari federatsiyasi bosh kotibi Luke Vizentini hamda Sotsialistlar va demokratlar progressive alyansi fraksiyasining parlamentdagi yordamchisi va Yeva Kaylining sherigi Franchesko Jorji. Jami esa ish bo‘yicha kamida o‘n kishi tekshirilmoqda.

    Kaylining iste’fosi bo‘yicha ovoz berishdan avval Yevroparlament spikeri Roberta Metsola Yevropa demokratiyasiga nisbatan xavf haqida gapirdi. “Hech narsa jazosiz qolmaydi. Hatto eng mayda narsalar ham. Hech narsa xaspo‘shlanishiga ham yo‘l qo‘yilmaydi. Biz parlamentni tashqi ta’sirlardan yanada himoyalash uchun o‘z tekshiruvimizni boshlaymiz”, — dedi u va Yevroittifoq bu ishda Belgiya politsiyasiga yordam berishini ta’kidladi. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Yevroparlamentning ichki tekshiruvi 15-dekabrdayoq boshlanishi mumkin.

    Yevroparlament spikeri bir qator islohotlar o‘tkazilishi haqida ham e’lon qildi. Politivo ma’lumotlariga ko‘ra, korrupsiya va chetdan ta’sirlarga qarshi kurash uchun mas’ul bo‘lgan vitse-spiker lavozimini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, parlament va parlament a’zolari faoliyatining shaffofligini kuzatib boruvchi maxsus qo‘mita yaratish, shuningdek, Yevroittifoq doirasida axloq bo‘yicha mustaqil organ tuzish imkoniyati ham muhokama qilinmoqda.

    Yevroparlamentda tayyorlanayotgan rezolyutsiya Qatar va “uning manfaatlariga vakillik qiluvchilar” uchun ba’zi cheklovlarni ham ko‘zda tutadi. Aynan qanday cheklovlar bo‘lishi hozircha noma’lum. Ammo shunisi aniqki, Yevroittifoq Qatar fuqarolari uchun vizasiz rejim kiritish masalasini ko‘rib chiqishni keyinga qoldirishga qaror qildi.

    Qatar vakillari korrupsiyaviy sxemalarga aloqadorligi haqidagi ayblovlarni rad etmoqda. Qatarlik mansabdorlardan biri mamlakatni korrupsiya mojarolariga bog‘lashga urinishlarni asossiz deb atadi.

    “Qatargeyt” yuzasidan yevropalik o‘ng siyosatchilar zudlik bilan o‘z munosabatlarini bildirdi. Fransiyaning “Milliy birlashuv” partiyasi sobiq yetakchisi Marin Le Pen Twitter’da shunday yozdi: “Ular Chexiya-Rossiya bankidan mutlaqo shaffof va qonuniy kredit tufayli bizni balchiqqa qorishtirdi. Ayni vaqtda esa Qatar naqd pul bilan to‘ldirilgan chamadonlarni ‘yaxshi tomon’dan bo‘lgan poraxo‘rlarga yetkazgan”. U tilga olgan kredit — to‘qqiz million yevro — uning partiyasi tomonidan 2014-yilda First Czech Russian Bank (Birinchi Chexiya-Rossiya banki)dan olingan edi.

    Shunga o‘xshash bayonot bilan Yevroparlamentning “Milliy birlashuv”dan deputati Filipp Olivye ham chiqish qildi. “Yevroittifoq qolgan dunyoga aql o‘rgatishni yaxshi ko‘radi. U Vengriyaga o‘rgatadi, Polshaga o‘rgatadi. U hatto Frontex (Yevropa chegara agentligi)ga ham aql o‘rgatadi. Undan ko‘ra, avval o‘z hududida bo‘layotgan narsalarni eplab olsin”, — dedi siyosatchi va “Yevroittifoq — nazoratsiz ishlayotgan ulkan qonun chiqaruvchi mashina” deya qo‘shib qo‘ydi.

    Yevroittifoq tomonidan korrupsiyaga qarshi yetarlicha kurashmayotganlikda ayblanayotgan Vengriya bosh vaziri Viktor Orban “Qatargeyt” boshlanganidan keyin “Yevropa parlamentiga xayrli tong” deya post e’lon qildi. Unga mem ilova qilib, Yevroparlamentning Vengiriyadagi korrupsiya yuzasidan “jiddiy xavotiri” ustidan kuldi.

    Mavzuga doir:

    • Qatardan pora olganlikda ayblangan Yevroparlament vitse-prezidenti ishdan olindi
    • Gretsiya hukumati Yevroparlament vitse-prezidentining aktivlarini muzlatib qo‘ydi
    • Yevroparlament vitse-prezidenti Qatardan pora olganlik haqidagi ish bo‘yicha qo‘lga olindi

    15.12.2022, 15:26   Izoh (0)   5767
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    BMT Bosh kotibi Qorabog‘ va Armanistonni bog‘lovchi Lochin yo‘lini blokdan chiqarishga chaqirdi

    15.12.2022, 14:23

    Bayden dunyo hamjamiyatini navbatdagi pandemiyadan ogohlantirdi

    15.12.2022, 13:34

    Si Szinpin Rossiya bilan munosabatlarni mustahkamlash haqida buyruq bergan — WSJ

    15.12.2022, 13:17

    Ukrainada sobiq prezident Yanukovichning butun mol-mulki musodara qilindi

    15.12.2022, 12:56

    Video: Qirg‘iziston parlamenti spikeri ekologiya vaziriga rus tilida ma’ruza qilishga ruxsat bermadi

    15.12.2022, 12:21

    “Amerikaga superqahramon kerak”. Tramp bugun “katta bayonot” bilan chiqishini e’lon qildi

    15.12.2022, 12:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Turkiyada 8-qavatdan tushib ketgan sayyoh o‘lib, so‘ngra tirildi

    Dunyo | 22 iyun, 23:50

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Yuventus” Marokash klubini yirik hisobda mag‘lub etdi (video)

    Sport | 22 iyun, 23:24

    Xitoyda chivindek keladigan harbiy dron ishlab chiqildi (video)

    Dunyo | 22 iyun, 23:05

    Suriyadagi cherkovda xudkush terrorchi o‘zini portlatdi (video, foto)

    Dunyo | 22 iyun, 22:39

    Superliga. “Paxtakor” “Qo‘qon-1912”ni, “Sho‘rtan” “Surxon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 22 iyun, 22:33

    Eron oliy rahnamosi o‘z o‘limi ehtimoliga vorislarini tanladi — NYT

    Dunyo | 22 iyun, 22:06

    AQSH hujumiga javoban Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopmoqchi. Bu nimani anglatadi?

    Dunyo | 22 iyun, 21:28
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.