Argentina terma jamoasi ustozi Lionel Skaloni Xorvatiyaga qarshi bahsdan so‘ng (3:0) o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Hozir biz g‘alabani nishonlayapmiz, chunki bu juda hissiyotli voqea. Biroq oldinda yana bir qadam bor. Ha, hozir xursand bo‘ladigan vaqtimiz, lekin oldinda bizni kutib turgan final haqida ham unutmasligimiz kerak.Dastlabki daqiqalarda xorvatlar to‘pni nazorat qildi, bu vaqtinchalik ekanini bilardik. Ularning yarim himoyasiga qarshi o‘ynash qiyin kechadi. Biz nima qilish kerak bo‘lsa, shuni qildik.
Hayajonlanmaslikka harakat qilyapman. Istalgan argentinalik orzu qilgan joyda turibman.
Messi — futbol tarixidagi eng yaxshisi. Bunga umuman shubha qilmayman.
Lionel Skaloni, Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi
Izoh (0)