Xorvatiya terma jamoasi va “Leypsig” klubi himoyachisi Yoshko Gvardiol qator top-klublar qiziqishiga sabab bo‘lmoqda.
Foot Mercato xabariga ko‘ra, “Manchester Siti” futbolchi uchun bonuslar bilan hisoblaganda 100 million yevro va keyingi transferdan ulush taklif qilgan. “Chelsi” 95 million yevro, “Manchester Yunayted” 90 million yevro berishga tayyor.
“Bavariya” ham Gvardiolga qiziqish bildirmoqda va uning agenti bilan uchrashishni mo‘ljal qilmoqda. “Real” va “Barselona”da ham qiziqish bor, biroq ispan klublarini narx masalasi o‘ylantiryapti.
“Leypsig” 20 yoshli futbolchini 2021-yilning yozida 19 million yevro evaziga “Dinamo Zagreb”dan sotib olgandi.