Futbol bo‘yicha JCH—2022 chorak finalida Portugaliya terma jamoasi Marokash bilan bahsda 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqani tark etdi.
Portugaliya hujumchisi Krishtianu Ronaldu uchun bu so‘nggi Jahon Chempionati edi. Musobaqani tark etgandan so‘ng 37 yoshli Ronaldu Instagram sahifasida mundial kechinmalari bilan o‘rtoqlashdi.
Krishtianuning ushbu postiga turli izohlar yozildi. Jumladan, Fransiya va “PSJ” yulduzi Kilian Mbappe toj va echki (inglizchada GOAT (Greatest of All Time) — Buyuk degan ma’noda) emojisini qo‘ydi. Bu bilan Mbappe Ronalduni barcha davrlarning eng yaxshisi va qirol deya atagan.
Shuningdek, afsonaviy futbolchi, hozirda shifoxonada yotgan braziliyalik Pele: “Bizga tabassum ulashganing uchun rahmat, do‘stim”, — deya izoh qoldirgan.
Yana bir braziliyalik futbolchi, “Real” a’zosi Vinisius Junior esa shu tariqa hamdardligini bildirgan:
Yaqinda Ronaldudan shov-shuvli intervyu olgan jurnalist Pirs Morgan ham Krishtianuni olqishlab, emoji qoldirgan:
Aralash jang san’ati ustasi, Bellator jangchisi Piter Kuilli “Abadiy afsona”, — deya izoh qoldirgan.
“Arsenal”, “Manchester Siti” va “Tottenhem” kabi klublarda to‘p surgan futbolchi Emmanuel Adebayor ham Ronalduga omad tilagan.
Fransiyalik futbolchi Mamadu Sako “Hurmat! Afsona!”, — deb yozib qoldirgan.
“Manchester Yunayted” sobiq futbolchisi Jessi Lingard ham Mbappe singari “GOAT” ya’ni “Buyuk” izohini yozgan.