• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Disney malikalarining ko‘pchilik e’tibor bermagan g‘alati jihatlari (foto)

    Disney malikalarini ko‘pincha bolalar tarbiyasiga yomon ta’sir qilishda ayblashadi: ular gender stereotiplarini qo‘llab-quvvatlaydi, qizning beli qanday bo‘lishi kerakligi haqida noto‘g‘ri fikrlar beradi va hokazo. Ammo multfilmdagi ba’zi narsalar chindan ham real hayotga to‘g‘ri kelmaydi.

    Elza

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    “Muzyurak” multfilmida malika Elza — bo‘lajak taxt vorisi — sehrli kuchga ega, lekin uni qanday boshqarishni bilmaydi. Ba’zi sabablarga ko‘ra, uning ota-onasi unga kuchini boshqarishni o‘rgatish yoki hech bo‘lmaganda buning uchun jodugarni taklif qilish o‘rniga uni butun dunyodan ajratishga qaror qilishadi.

     

    Natijada toj kiyish paytida Elza na sehrni, na o‘z his-tuyg‘ularini nazorat qila olmaydigan qiz bo‘lib qoladi — yosh malika o‘z mamlakatini muzlatib qo‘yadi va tog‘larga qochib ketadi. Eng qizig‘i shu yerdan boshlanadi: u darhol muzdan ulkan qasr quradi, bahaybat qo‘riqchilar yaratadi va hatto libosini o‘zgartiradi. U bularni qayerdan o‘rgangan? Agar Elzaning sehri faqat qor va muzga taalluqli bo‘lsa, uning libosi nimadan tikilgan?

    Rapunzel

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Ehtimol, Rapunzel eng sirli malika bo‘lsa kerak. U butun umrini minoraga qamalib o‘tkazadi, shuning uchun ham qizning uyda yalangoyoq yurgani mantiqan to‘g‘ri. Biroq Rapunzel yalangoyoq holda ko‘chada ham shunday tez yuguradi, o‘tkir tosh yoki yiqilishi mumkinligiga parvo ham qilmaydi. Aftidan, qiz hayratlanarli darajada omadli yoki og‘riqqa juda chidamli bo‘lsa kerak.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Rapunzelning yana bir g‘alati jihati — uning sochlari. Yoyilgan holda uning uzunligi 20 metrdan oshadi, ammo yig‘ilganda hatto yerga ham tegmaydi. Qizning bo‘yi taxminan 164 sm bo‘lishiga qaramay, o‘rilgan sochlarining uzunligi 1,5 m dan biroz oshadi, xolos.

    Tiana

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Tiana Navinni o‘padi va qurbaqaga aylanib qoladi. Ammo uning dugonasi Sharlotta sehrlangan shahzodani bir necha marta o‘padi, lekin negadir qurbaqaga aylanmaydi.

    Bell

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Bell ham barcha Disney malikalari singari juda nozik qiz. Uning hech qanday sehrli qudrati yo‘q. Ammo u bo‘rilar bilan jangda yaralangan ulkan maxluqni ko‘tarib, otga mindiradi. Darvoqe, ot ham shunday og‘irlikni ko‘tara olgani bilan tomoshabinni hayratga soladi.

    Zolushka

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Ertakda aytilishicha, Zolushka uy ishlarining barchasini o‘z zimmasiga olgan kambag‘al qiz. Ammo multfilmda u deyarli ish qilmaydi: sichqonlar va qushlar uning uchun hammasini qiladi. Aytgancha, ular shahzoda bilan uchrashish uchun Zolushkaga ombordan qochishga ham yordam berishadi. Qasrdagi balga qizni tayyorlash ham parining zimmasiga tushadi. Zolushkaning o‘zi esa baxtga erishish uchun faqat billur tuflisini yo‘qotadi, xolos.

    Ariel

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Multfilmda kichkina suv parisi Ariel o‘z ovozini yurish qobiliyatiga almashtiradi. Shuning uchun u shahzodaga uni qutqargan o‘zi ekanligini aytolmaydi. Lekin nega u bu haqda yozib bermasligi kerak? Malika, albatta, savodxon, chunki u jodugar Ursula taklif qilgan shartnomani o‘qib, imzolagan.

    Pokahontas

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Hindular qabilasi oqsoqolining qizi ingliz tilini bilmasdi. Biroq u buvisiga tegishli bo‘lgan va unga maslahat bergan ichki ovozni eshitadi: “Qalbing bilan tingla”. Shundan keyin hech qanday muammosiz Jon Smitni tushuna boshlaydi.

    Merida

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Merida kuchli va mustaqil malikalardan biri. U turmushga chiqishni istamaydi, ot minadi va kamondan otadi, qiz hamma ishlarni erkaklarsiz ham uddasidan chiqadi, degan ishonchni ta’kidlaydi. Albatta, qiz ota-onasi uni turmushga chiqishga majburlayotganidan g‘azablanadi, lekin o‘z onasini jodugarning sehri bilan zaharlash qandaydir g‘alati.

    Mavzuga doir:

    • Qayta-qayta ko‘rgan bo‘lsangiz ham sevimli filmlardagi siz payqamagan detallar (foto)
    • “Totoro”, “Qalb”, “Luka” — original sujetga ega eng yaxshi multfilmlar (video)
    • “Ratatuy”, “Boshqotirma”, “Koko siri” — bolalar qolib, kattalar ham sevib tomosha qiladigan Pixar multfilmlari (video)

    10.12.2022, 15:57   Izoh (0)   38291
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Ratatuy”, “Boshqotirma”, “Koko siri” — bolalar qolib, kattalar ham sevib tomosha qiladigan Pixar multfilmlari (video)

    08.12.2022, 18:50

    “Fi, Chi, Pi”, “Sukunat”, “Oroldagi ertak” — qayta-qayta ko‘rishga arziydigan, kuchli sujetga ega bo‘lgan turk seriallari

    08.12.2022, 10:55

    “Malikaning kundaligi”, “Forsaj”, “Joker” — davomi ekranlarga chiqishi kutilayotgan sevimli filmlar

    02.12.2022, 10:59

    Yig‘lamasdan ko‘rolmaysiz: Odamlar va jonivorlar do‘stligi haqidagi eng ajoyib filmlar

    01.12.2022, 12:58

    Biz ko‘rmagan sahnalar: turli sabablarga ko‘ra mashhur film va seriallarning kesib tashlangan kadrlari (foto)

    01.12.2022, 10:27

    Sharqona ertak: muhabbat haqidagi eng yaxshi 6 ta turk seriali

    29.11.2022, 20:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.