Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Twitter’ning yangi egasi Ilon Mask ijtimoiy tarmoq xodimlari sonini tanishlari, hamkasblari va yaqinlari hisobiga kengaytirdi. Bu haqda Business Insider xabar berdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Twitter’ning San-Fransiskodagi bosh qarorgohida Maskning amakivachchalari faoliyat olib boradi.

“Maskning ikki amakivachchasi Jeyms va Endryu Mask hozirda Twitter’da to‘liq stavkada ishlamoqda. Ijtimoiy tarmoqda o‘nlab Tesla muhandislari, The Boring Company xodimlari va Maskning professional doirasidagi boshqalar ham faoliyat olib bormoqda”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, Twitter jamoasiga Maskning advokati Aleks Spiro va milliarderning oilaviy investitsion Excession kompaniyasi rahbari Jared Birchall ham kirgan.

Ilon Mask Twitter kompaniyasi xodimlarini ommaviy ishdan bo‘shatishni yakunladi va yangi xodimlarni yollashga o‘tdi. Mask rahbarligida 3,5 haftalik faoliyatidan so‘ng Twitter’ning 7,5 ming xodimidan bor-yo‘g‘i 2,7 ming nafari qolgan. Milliarder Twitter’da qaysi lavozimlar uchun muhandis yoki sotuvchilarni qidirayotganiga aniqlik kiritmagan, hozirda kompaniya saytida ham ochiq vakansiyalar yo‘q.

Mask Twitter’ga kelganidan beri kompaniya 7 500 nafar xodimining 50 foizini ishdan bo‘shatdi. Shundan so‘ng u qo‘ygan ultimatumni — ketish yoki qattiq rejimda ishlash — 17-noyabrgacha qaror qabul qilishni talab qildi. Twitter’ning yuzlab xodimlari Ilon Maskning ultimatumidan so‘ng ommaviy ravishda ishdan ketishni boshladi. Ular ortiqcha ishlashdan ko‘ra uch oylik nafaqani afzal ko‘rib, kompaniyani tark etishga qaror qilgan.

Mavzuga doir: Twitter kompaniyasi ommaviy ishdan ketishlar fonida o‘z ofislarini vaqtinchalik yopdi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi
Mahalliy
“YouTube’dagi obunachilarimiz soni MDH mamlakatlari IIV kanallarinikidan ham ko‘p” — Shohrux G‘iyosov IIVning mediamakondagi faoliyati haqida gapirdi
Mahalliy
Toshkentda yo‘lovchi avtobus yonib ketdi