Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Twitter ijtimoiy tarmog‘ining yangi egasi Ilon Mask kompaniya xodimlarini ommaviy ishdan bo‘shatishni yakunladi va yangi xodimlarni yollashga o‘tdi, deb xabar bermoqda Verge.

Foto: News Tech

Foto: News Tech
Nashr Mask bilan yopiq uchrashuvda ishtirok etgan ikki kishining ma’lumotlari va audioyozuv parchasiga tayanib, qisqartirishlar yakunlangani, endi faol ravishda dasturchilar va marketologlarni qidirish boshlangani haqida yozdi.

Mask rahbarligida 3,5 haftalik faoliyatidan so‘ng Twitter’ning 7,5 ming xodimidan bor-yo‘g‘i 2,7 ming nafari qolgan.

Nashrning yozishicha, Mask Twitter’da qaysi lavozimlar uchun muhandis yoki sotuvchilarni qidirayotganiga aniqlik kiritmagan, hozirda kompaniya saytida ham ochiq vakansiyalar yo‘q.

“Muhim ishga yollash nuqtayi nazaridan shuni aytgan bo‘lardimki, dasturiy ta’minotni yaxshi yozadigan odamlar ustunlikka ega bo‘ladi”, — degan u uchrashuvda.

Mask Twitter’ga kelganidan beri kompaniya 7 500 nafar xodimining 50 foizini ishdan bo‘shatdi. Shundan so‘ng u qolgan ultimatumni — 17-noyabrgacha qaror qabul qilishni talab qildi — ketish yoki qattiq rejimda ishlash. Twitter’ning yuzlab xodimlari Ilon Maskning ultimatumidan so‘ng ommaviy ravishda ishdan ketishni boshladi. Ular ortiqcha ishlashdan ko‘ra uch oylik nafaqani afzal ko‘rib, kompaniyani tark etishga qaror qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Twitter faoliyatini saqlab qolish uchun muhim bo‘lgan bir nechta jamoalar butunlay ishdan bo‘shatilgan. Hozirda muhandislar yetishmovchiligi kuzatilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“100 ga yaqinidan 73 tasi yangilandi”. Dehqonoboddagi jin ko‘priklarning nechtasi yangilanganiga aniqlik kiritildi (video)
Sport
Lionel Messi MLS’ga o‘tsa, liga klublari futbolchining maoshini to‘lashga yordam berishga tayyor
Mahalliy
O‘zbekistonda fevral oyida 25 mlrd so‘mlik noqonuniy davlat xaridlari aniqlandi