Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Germaniyada kelib chiqishi 700 yillik Royss knyazlik oilasidan bo‘lgan shahzoda Genrix XIII hibsga olindi. Bu haqda Mitteldeutscher Rundfunk xabar berdi.

Foto: The Telegraph

Foto: The Telegraph

Roysslar oilasi vakillari davlat to‘ntarishiga urinishda gumon qilinayotgan 71 yoshli qarindoshi bilan aloqalari uzilganini aytdi, bunga 14 yil bo‘lgan. Ayblanuvchining qarindoshlari Genrix XIII “reyxsberglar” millatchilik harakatidanligi va u o‘zini “Germaniya Reyxi” fuqarosi deb hisoblashini aytgan.

Ta’kidlanishicha, Genrix XIII ning qarindoshlari shahzoda Bad-Lobenshteyn meri Tomas Vaygelt bilan uchrashganidan so‘ng u bilan aloqani to‘xtatgan. Shahzoda esa “reyxsburgerlar” harakatiga xayrixoh bo‘lgan. Hozirda Genrix XIII Federal prokuraturada terrorchilik tarmog‘ining yetakchisi deb atalmoqda.

“Reyxsburgerlar” tarafdorlari mavjud bo‘lmagan imperiyaning shaxsiy va haydovchilik guvohnomalarining muqobilini ishlab chiqaradi. Bu harakat 1980-yillarda yuzaga kelgan. Konstitutsiyani himoya qilish bo‘yicha federal idoraning yaqinda e’lon qilgan hisobotida Germaniyada ushbu harakatning 21 mingga yaqin a’zosi borligi qayd etilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Germaniyada 3 000 nafar politsiyachi mamlakat bo‘ylab 130 dan ortiq uy va xonadonlarda tintuv o‘tkazmoqda. Mamlakatda eng yirik terrorizm ishi bo‘yicha operatsiya olib borilmoqda. Hozirgacha 52 kishi hukumatni ag‘darishga tayyorlanganlikda gumon qilingan, 25 kishi esa allaqachon hibsga olingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov