Eron hukumatga qarshi tartibsizliklarda ayblangan birinchi namoyishchini qatl qildi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ayblanuvchi Mohsin Shekariy 8-dekabr kuni ertalab osilgan. U “qo‘zg‘olon ko‘tarishda”, Tehrondagi asosiy yo‘lni to‘sib qo‘yishda va “Basij” qarshilik kuchlari a’zosi yordamida hujum qilishda ayblangan.
1-noyabr kuni sud Shekariyni “o‘ldirish, terror qo‘zg‘atish va jamiyat tartibi hamda xavfsizligini buzish maqsadida” mushtlashishda ayblagan. U quroldan foydalanish hamda “xudoga dushmanlik”da ham aybdor deb topilgan.
Faolning aytishicha, marhum “hech qanday qonuniy jarayonsiz hukm qilingan. U hukm ustidan apellyatsiya bergan, biroq 20-noyabr kuni Oliy sud qarorini o‘z kuchida qoldirgan. Hozirga qadar namoyishlar bilan bog‘liq bo‘lgan yana 10 kishi “xudoga dushmanlik” yoki korrupsiyada ayblanib, o‘lim jazosiga hukm qilingan.
Mavzuga doir: Eron Isroil razvedkasiga aloqadorlikda ayblangan 4 kishini qatl qildi
Izoh (0)