Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Batorda namoyishchilar hukumat saroyiga bostirib kirdi. Bu haqda Central Asia xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

Foto: Videodan kadr

Ma’lum qilinishicha, Xitoyga eksport qilinishi kerak bo‘lgan qiymati 12 milliard dollarlik 6,5 million tonna ko‘mir o‘g‘irlagan. Namoyishchilar hukumatdan o‘g‘rilikka javobgar shaxslarni jazolashni talab qilmoqda. Ular Ulan-Bator markaziga to‘plangan va saroyga bostirib kirishga urinmoqda.

Mahalliy matbuot xabarlariga ko‘ra, xavfsizlik kuchlari birinchi hujumni qaytarishga muvaffaq bo‘lgan, biroq namoyishchilar tarqalmayapti. Miting uch kundan buyon davom etmoqda.

Xitoy tomoni o‘g‘irlikda ishtirok etgan siyosatchilarning ma’lumotlarini rasmiylarga yuborgan, namoyishchilar ularni jazolashni talab qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 21-noybar kuni Tbilisida Saakashvilining tarafdorlari uning xorijda davolanishini talab qilib miting uyushtirgandi. Shuningdek, 18-noyabr kuni Meksika prezidenti hukumat tarafdorlarining ommaviy mitingiga boshchilik qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Mahmud Murodovning navbatdagi jangi sanasi va manzili aniq bo‘ldi
Mahalliy
O‘zbekistonliklar uchun Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tmasdan qolish muddati 30 kungacha uzaytirildi
Mahalliy
“2022-yilda uy-joy narxlari ikkilamchi bozorda 28 foizga, aholi real daromadi esa 9 foizga oshdi” – Markaziy bank raisi