Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Professional boksda faoliyatini davom ettirayotgan Fazliddin G‘oibnazarov (11-1, 6 KO) 2-dekabr, juma kuni Toshkentda o‘tgan boks oqshomida jang qildi.

Foto: “Olamsport”

Foto: “Olamsport”

Musobaqaning asosiy jangida G‘oibnazarovga Jamshid Karimov (10-1, 7 KO) raqib bo‘ldi.

O‘zbekistonlik bokschilar ishtirokidagi jang to‘liq 10 raund davom etdi. G‘oibnazarov ko‘plab raundlarni o‘z foydasiga hal qilishga erishdi. Yakun hakamlar bir ovozdan Fazliddinning g‘alabasini qayd etdi — 99-91, 96-94, 99-91.

Qolgan janglarda quyidagi natijalar qayd etildi:

  • Ovannes Bachkov (Armaniston) muddatidan avval Markos Gonsales Barrazani (Meksika) taslim etdi;
  • Jono Kerrol (Irlandiya) ochkolar evaziga Jeyms Cherejini (Ruminiya) mag‘lubiyatga uchratdi;
  • Mujibullo Tursunov (O‘zbekiston) texnik nokaut evaziga Shohrux Kenjayevni (O‘zbekiston) mag‘lub etdi;
  • Nurim Dilshad (Qozog‘iston) ochkolar evaziga Farrux Arslonovni (O‘zbekiston) yutdi;
  • Ion Kostin (Ruminiya) texnika nokaut bilan Aleksandr Ionitani (Ruminiya) mag‘lub etdi;
  • Islom Mo‘minov (O‘zbekiston) 1-raundda Asilbek Vahobovni (O‘zbekiston) nokautga uchratdi;
  • Anvar Turopov (O‘zbekiston) ochkolar hisobiga Asan Mahmudovni (Qozog‘iston) yutdi;
  • Suhrob Qayumov (O‘zbekiston) texnik nokaut evaziga Dovud Mahkamovdan (Tojikiston) ustun keldi;
  • Bereket Tairov (Qozog‘iston) texnik nokaut bilan Jakipbek uulu Jarkinbekni (Qirg‘iziston) yengdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Ota bolasini, aka ukasini tanimaydi, chang-to‘zon, terlab-pishib har kim uloqni taqimiga bosish qayg‘usida” — Piskentdagi koʻpkaridan fotoreportaj
Mahalliy
O‘rta Chirchiqda 400 nafar o‘quvchi maktab binosi olib qo‘yilgani sabab darsga borolmayotgani xabar berildi. Zoir Mirzayev holatga eʼtibor qaratdi
Mahalliy
Turkiyadagi dahshatli zilzilada 3 419 kishi halok boʻldi — voqea tafsilotlari (video)