Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin mamlakat O‘zbekistonga kungaboqar yog‘i, qandolat mahsulotlari va bug‘doy eksportini oshirishga tayyorligi ma’lum qildi. Bu haqda O‘zbekiston—Rossiya ishbilarmonlar forumida aytib o‘tdi

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Uning ta’kidlashicha, joriy yilning yanvar—oktabr oylarida o‘zaro qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlari ayirboshlash hajmi qariyb 40 foizga oshgan va bir yarim milliard dollarga yaqinlashgan. 

Rossiya kungaboqar yog‘i, qandolat mahsulotlari, bug‘doy eksportini ko‘paytirishga tayyor, boshqa mahsulotlar bo‘yicha ham takliflar bor, — dedi Rossiya hukumati rahbari.

2022-yilning yanvar—oktabr oylariga ko‘ra O‘zbekistonga olib kelinadigan bug‘doyning 97,3 foizi, bug‘doy unining 94,8 foizi Qozog‘iston hisobiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, Qozog‘iston O‘zbekistonga kungaboqar yog‘ining asosiy eksport qiluvchilaridan biri hisoblanadi.

Rossiya O‘zbekistonga mazkur mahsulotlar eksportini oshirmoqchi bo‘lsa, Qozog‘iston bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi. 

Joriy yilning o‘n oyida O‘zbekiston Rossiyadan 680 mln dollarlik oziq-ovqat mahsulotlarini import qilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107 mln dollarga ko‘pdir. 

Avgustda Qozog‘iston oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida bug‘doy va un eksportiga kvota joriy etishga qaror qilgan edi. Cheklovlar 14-sentabrdan boshlab bekor qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Ota bolasini, aka ukasini tanimaydi, chang-to‘zon, terlab-pishib har kim uloqni taqimiga bosish qayg‘usida” — Piskentdagi koʻpkaridan fotoreportaj
Mahalliy
O‘rta Chirchiqda 400 nafar o‘quvchi maktab binosi olib qo‘yilgani sabab darsga borolmayotgani xabar berildi. Zoir Mirzayev holatga eʼtibor qaratdi
Mahalliy
Turkiyadagi dahshatli zilzilada 3 419 kishi halok boʻldi — voqea tafsilotlari (video)