O‘zbekistonda Soliq mobil ilovasidan ro‘yxatdan o‘tganlar soni 2,2 milliondan oshdi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, umumiy faol foydalanuvchilar soni 1,7 million nafardan ortgan. Ularning qariyb 40 foizi Face ID yordamida shaxsini tasdiqlagan.
Shuningdek, mazkur ilovi Google Play va App Store reytingining “Moliyaviy xizmatlar” toifasida Ozbekistondagi eng ommabop top-5 ilovalar qatoriga kirgan.
Yil boshidan buyon Soliq mobil ilovasi xizmatlaridan 201,7 mln martadan ko‘p foydalanilgan.
Avvalroq O‘zbekistonda to‘langan keshbeklar 600 mlrd so‘mdan oshgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)