Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buxoro viloyati sudida bo‘lib o‘tayotgan majlisda Nukus voqealarida ayblanayotganlarning biri Razbek Bekmuratov so‘z olib, 2-iyul kuni Nukus shahri “Naupir” MFY hududida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun safarbar qilingan Milliy gvardiya xodimlariga hujum qilib, ularga tan-jarohat yetkazganini, Milliy gvardiya xodimining “Makarov” markali to‘pponchasini olib qo‘ygani uchun uzr so‘radi.

Foto: Oliy sud axborot xizmati

Foto: Oliy sud axborot xizmati

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyati sudi binosida bo‘lib o‘tayotgan ochiq sud majlisida 1-dekabr kuni tushdan keyin Razbek Bekmuratov Nukusdagi tartibsizliklar ro‘y bergan kunlari bo‘lib o‘tgan voqealarni so‘zlab berdi.

Sud, prokuror va advokatlarning savollariga javob qaytargan gumondor ijtimoiy tarmoqlardagi videolarni ko‘rib, ta’sirlanib ko‘chaga noqonuniy namoyishga chiqqanini, 5-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Vazirlar kengashi oldida katta miting bo‘lishi haqidagi xabarlardan ko‘proq ta’sirlangani va qo‘llab-quvvatlaganini aytdi.

Shuningdek, u Milliy gvardiya xodimlariga hujum qilinganini, jumladan, ulardan birining kiyimi majburlab yechintirilayotganida to‘pponchasi yerga tushib ketganini ko‘rib, o‘qotar qurolni egallab olganini tan oldi.

Hibsga olingunga qadar Qoraqalpog‘iston davlat universiteti o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan 30 yoshli Razbek Bekmuratov avvalgi sud majlisida aybiga qisman iqror ekanini bildirgan edi.

Bugun bo‘lib o‘tgan sud majlisida u ko‘zda yosh bilan qilgan ishidan pushaymon ekanini so‘zlab, prezidentdan, o‘zbek va qoraqalpoq xalqlaridan kechirim so‘radi. Suddan jazo tayinlashda qaramog‘ida voyaga yetmagan yosh bolalari borligini inobatga olishni iltimos qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi