Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Nukus shahridagi tartibsizliklar oqibatida 6 milliard 681 million so‘m moddiy zarar yetkazilgan. Bu haqda hududda sodir bo‘lgan voqealar yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha komissiya xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Buxoro viloyat sudida 1—2-iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud majlisining 1-ish kuni yakunlandi. Unda komissiya a’zolari ham ishtirok etdi va ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha barcha sud jarayonlarida qatnashishini ma’lum qildi.

Ayblov xulosasiga ko‘ra Nukus shahridagi tartibsizliklar natijasida 6 milliard 681 million 247 ming 508 so‘m moddiy zarar yetkazilgani bildirildi. Ochiq sud majlisida jurnalist va blogerlar va jamoatchilik vakillari ham ishtirok etmoqda. Qolaversa, sud protsessidan lavhalar ijtimoiy tarmoqlar va OAV orqali yoritib borildi.

Sud kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan Qoraqalpog‘istonda yuz bergan holat va voqealarni o‘rganish hamda ular yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha komissiya a’zolarining ma’lum qilishicha, sudlanuvchilar tomonidan keltirilgan iltimosnomalarning aksariyati sud tomonidan qanoatlantirildi. Ayblanuvchilarning himoyalanish huquqi ta’minlangan. Jarayon to‘liq qoraqalpoq tilida olib borilmoqda. Sud jarayonlari qonunchilikda belgilangan normalarga muvofiq o‘tkazildi.

Ma’lumot uchun, 107 nafari ayblanuvchi insonparvarlik siyosati hamda komissiya sa’y-harakatlari natijasida o‘z oilasiga qaytarilgan.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Ota bolasini, aka ukasini tanimaydi, chang-to‘zon, terlab-pishib har kim uloqni taqimiga bosish qayg‘usida” — Piskentdagi koʻpkaridan fotoreportaj
Mahalliy
Turkiyadagi dahshatli zilzilada 3 419 kishi halok boʻldi — voqea tafsilotlari (video)
Mahalliy
Angrenda 19 yoshli qiz o‘z joniga qasd qildi