Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Sukerberg ilovalarni boshqarish bo‘yicha Apple siyosatini tanqid qildi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Sukerberg har yili o‘tkaziladigan New York Times DealBook Summitida bu bo‘yicha gapirgan.

“Agar mavjud bo‘lgan asosiy kompyuter platformalari — Windows, Android, iOS’ga qarasangiz Apple qurilmada qaysi ilovalar tugashini nazorat qiladigan yagona kompaniya sifatida ajralib turadi”, — dedi Meta rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday siyosat nafaqat foydalanuvchilarga, balki Apple bilan hamkorlik qilayotgan dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilarga ham zarar yetkazadi. Sukerbergning fikricha, qattiq nazorat tufayli Apple mobil ekotizimidagi foydaning katta qismi dasturchilarga emas, balki IT gigantiga tushadi.

Shuningdek, Facebook asoschisi Apple siyosati boshqa texnologiya gigantlari, jumladan, Microsoft va Google’dan farq qilishini aytdi. Xususan, ular ilovalar do‘konlarida mavjud bo‘lmasa, ilovalarni boshqa platformalardan qurilmaga yuklab olish imkonini beradi.

“Kompaniyalar o‘z ilovalarini raqobatchilar tomonidan boshqariladigan platformalar orqali yetkazib berishi kerak — bu manfaatlar to‘qnashuvi”, — deydi Sukerberg

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Mask Apple’ni senzurada ayblab, Twitter’da “so‘z erkinligini bostirish”ga oid hujjatlarni chop etishga va’da bergandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi