Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Twitter egasi Ilon Maskning aytishicha, ijtimoiy tarmoq go‘yoki Apple tomonidan “so‘z erkinligi bostirilayotgani”ni ko‘rsatuvchi hujjatlarni chop etadi.

Foto: Online47

Foto: Online47

“So‘z erkinligini bostirish haqidagi Twitter fayllari tez orada Twitter’ning o‘zida e’lon qilinadi. Jamiyat aslida nimalar bo‘lganini bilishga haqli”, — deb yozgan Mask. Uning ta’kidlashicha, “bu sivilizatsiya kelajagi uchun kurash”.

“Agar hatto Amerikada ham so‘z erkinligi yo‘qoladigan bo‘lsa, bizni oldinda faqat zulm kutmoqda”, — deya xulosa qilgan tadbirkor.

Avvalroq Mask Apple kompaniyasini senzurada va “so‘z erkinligidan nafratlanishda” ayblab, Apple Twitter’dagi deyarli barcha reklamalarni to‘xtatib qo‘yganini aytgandi. Tadbirkor shuningdek, Apple Twitter dasturini hech qanday tushuntirishsiz App Store’dan olib tashlash bilan tahdid qilayotganini aytgan.

Bunga qadar Mask agar Google va Apple Twitter’ni o‘z do‘konlaridan olib tashlasa, “muqobil telefon” yaratishga va’da bergandi.

Ma’lumot uchun Ilon Mask Twitter’ni sotib olish bo‘yicha kelishuvni 27-oktabr kuni yakunlab, kompaniya uchun 44 milliard dollar to‘lagan. Shundan so‘ng tadbirkor ijtimoiy tarmoq xodimlarining yarmiga yaqinini ishdan bo‘shatdi, qolganlarni esa yuqori intensivlik bilan ishlash kerakligi haqida ogohlantirdi. OAV xabarlariga ko‘ra, ushbu voqealar fonida platforma faoliyatini saqlab qolish uchun muhim bo‘lgan ko‘plab xodimlar Twitter’ni tark etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
AOKA “Human.uz” jurnalistlari bilan bog‘liq holat yuzasidan munosabat bildirdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda chiqindi gazidan elektr ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi 
Dunyo
Putin yo‘qotishlarga qaramay, bahorda Ukrainaga qarshi yangi hujumni rejalashtirmoqda — Bloomberg