Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Gazprom” 2022-yilning 11 oyi yakunlarini gaz qazib olish va yetkazib berish bo‘yicha sarhisob qildi

Unga ko‘ra kompaniyaning MDHdan tashqari davlatlarga gaz eksporti 95,2 milliard kub metrni tashkil etdi. Bu 2021-yilning shu davriga nisbatan kam 44,5 foizga kamdir. 

Yevropa Ittifoqida gaz iste’molining kamayishi dunyoda gazga bo‘lgan talabni kamaytirishning asosiy omiliga aylandi, deya ta’kidladi “Gazprom”. 

2022-yilning 11 oyi davomida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, jahonda gazga bo‘lgan talab 55 milliard kub metrga kamaygan. Asosan Yevropa hisobiga. 

Mazkur davrda Yevropa Ittifoqining 27 davlatida gaz iste’molining kamayishi taxminan 50 milliard kub metrni tashkil etgan. 

“Gazprom”ning Yevropa gaz eksporti kamaygan bo‘lishiga qaramay, “Sibir qudrati” gaz quvuri orqali Xitoyga yetkazib berishi ortib bormoqda.

Avvalroq Germaniyaning Uniper kompaniyasi “Gazprom”ni 11,6 milliard yevrolik zarar uchun sudga bergan edi. “Gazprom” Uniper’ning zararni qoplash bo’yicha da’volarini noqonuniy deb hisoblashini ma’lum qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Britaniya hukumati “Vagner”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi — The Telegraph
Dunyo
AQSHda xavfli moddalarni olib ketayotgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?