Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi hovli kimoshdi savdosiga qo‘yilgan edi. “E-auksion” portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra hovli sotilgan.
Lot auksionga “Aloqabank” tomonidan joylashtirilgan edi. 2 qavatli uy 6 xonadan iborat.
Yer uchastkasining umumiy maydoni 0,6 gektar. Binoning maydoni — 385,92 kvadrat metr. Hovlida gaz, suv, elektr ta’minoti va kanalizatsiya mavjud.
Lot izohida yozilishicha, xonadon uy jihozlarisiz sotilgan.
Auksionga qo‘yilgan hovlining boshlang‘ich bahosi 2,8 mlrd so‘m edi. 10-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan savdoda hovli 3 mlrd so‘mga sotildi. Auksion g‘olibi sifatida Muzaffar Muxammadiyev ko‘rsatilgan.
Avvalroq Toshkentda onkologiya kasalliklari shifoxonasi binolari umumiy 500 mlrd so‘mdan ko‘pga auksionga qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)