Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xorazm viloyati Yangibozor tumanida garovdagi mulkini o‘zlashtirgan fermer xo‘jaligi rahbari aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yangibozor tuman bo‘limi tomonidan “Xalq banki” Yangibozor filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda “Z.B.” fermer xo‘jaligi rahbari Z.Q. naslli qoramol sotib olishga ajratilgan 237,6 ming dollar miqdoridagi kredit ta’minoti uchun garovga qo‘yilgan 616,1 million so‘mlik issiqxonani buzib tashlagani aniqlangan. U jihozlarini boshqa maqsadlarda ishlatib yuborgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 233-moddasi (band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov