Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifi bilan 27-noyabr kuni kechqurun rasmiy tashrif bilan Moskvaga bordi, deb yozadi Tengrinews.

Foto: Tengrinews

Foto: Tengrinews

Qayd etilishicha, bugun, 28-noyabr kuni Moskvada davlat rahbarlari muzokaralar o‘tkazadi. Bundan tashqari, ikki mamlakat yetakchilari videokonferensaloqa rejimida Qozog‘iston va Rossiya mintaqalararo hamkorlik forumida qatnashadi.

Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov tashrif chog‘ida hujjatlar imzolanishini aytgandi. Aynan qanday hujjatlar ekaniga Peskov aniqlik kiritmadi.

Ikki mamlakat yetakchilarining ushbu uchrashuvi To‘qayev 26-noyabr kuni ikkinchi marta Qozog‘iston prezidenti lavozimiga kirishganidan buyon birinchisi bo‘ladi. Putin saylovlardan keyin darhol To‘qayevni qayta saylangani bilan tabriklagandi.

Bundan avval Qozog‘iston prezidenti Rossiyaga 18-avgustda kelgandi. O‘shanda Putin va To‘qayev Sochida muzokaralar olib borib, “Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalarini”, shuningdek, bu yil Qozog‘iston raislik qilayotgan MDH doirasidagi faoliyatni muhokama qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi