Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev “Rossiyaning 2014-yilda Ukrainaga qilgan tajovuzini jamoatchilik oldida inkor etgani” uchun Ukrainaning “Tinchlikparvar” veb-sayti ma’lumotlar bazasiga kiritildi. Ushbu saytda baza ma’muriyati tomonidan faoliyati Ukraina xavfsizligiga tahdid deb hisoblangan jamoat arboblari va tashkilotlarning ma’lumotlari chop etiladi.

Foto: Rossiya prezidenti matbuot xizmati

Foto: Rossiya prezidenti matbuot xizmati

Veb-saytda To‘qayevning Deutsche Welle bilan 2019-yildagi intervyusidan iqtibos keltirgan. Unda davlat rahbari Qozog‘iston “Qrimda sodir bo‘lgan voqealarni anneksiya deb atamasligini” aytgan. Shuningdek, u “Rossiya rahbariyatining dono va vijdonli ekaniga ishonishini” ta’kidlagan.

2022-yilning 30-sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini, shuningdek, Ukrainaning Zaporojye va Xerson viloyatlarining Rossiya nazoratidagi bo‘linmalarini Rossiya tarkibiga kiritish to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi. To‘qayev yangi hududlarning Rossiya tarkibiga qo‘shilishi masalasida Qozog‘iston “mamlakatlarning hududiy yaxlitligi tamoyillaridan kelib chiqadi”, dedi. U DXR va LXR mustaqilligini tan olmasligini aytgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
O‘tgan yili birja bozorlarimiz rekord darajada o‘sdi — Respublika valyuta birjasi
Iqtisodiyot
“Rossiyaga qarshi eng yaxshi strategik javob”: Ukraina farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med”ni sotib oldi