Qisman tan olingan Tayvan prezidenti Say Inven hukmron Demokratik progressiv partiya (DPP) mahalliy saylovlarda mag‘lubiyatga uchragach, partiya rahbari lavozimini tark etdi.
Say xonim 26-noyabr kuni kechqurungi qisqa nutqida iste’foga chiqishini ma’lum qildi va tarafdorlariga minnatdorlik bildirdi. Prezident o‘sha kuni yakunlangan saylovga nomzodlarni o‘zi tanlagani uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishini aytdi.
Associated Press ma’lumotlariga ko‘ra, DPPning mag‘lubiyati pandemiya bilan kurash natijalariga ham qisman bog‘liq bo‘lishi mumkin. “Tayvan pandemiyaning oldini olishga muvaffaq bo‘lganiga qaramay, bu borada DPPga nisbatan jamoatchilik noroziligi bor”, — dedi Veyxao Xuan, Milliy Sun Yatsen universitetining siyosatshunoslik bo‘yicha professori.
Tayvanliklar 13 okrug va 9 shaharda merlar, shahar kengashlari a’zolari va boshqa mahalliy vakillarni sayladi. Shuningdek, saylov yoshini 20 dan 18 ga tushirish bo‘yicha referendum ham o‘tkazildi.
Izoh (0)