Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jazoirning Dar-al-Bayda tumanida sud bir erkakni olomon qilib o‘ldirgan va uning jasadini tahqirlagan 49 kishini o‘lim jazosiga hukm qildi. Marhum shaxs o‘tgan yilning avgustida o‘rmon yong‘inlari chog‘ida o‘t qo‘yishda xatolik bilan ayblangan.

Jazoirdagi o‘rmon yong‘inlari

Jazoirdagi o‘rmon yong‘inlari
Foto: Anadolu Agency

Al Arabiya portal ma’lumotlariga ko‘ra, ommaviy qatlda ishtirok etgan yana 20 kishi turli muddatlarga qamalgan.

Avgustda Jazoir politsiyasi o‘rmonlarga o‘t qo‘yishda qatnashganlikda ayblangan erkakni sudsiz-so‘roqsiz olomon qilishda gumonlab bir necha o‘nlab kishilar qo‘lga olinganini ma’lum qilgandi.

Jazoir bosh prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, 11-avgust kuni Larbaa-Nat-Iraten shahrida bir guruh shaxslar uch erkakni qo‘lga olib, ularni o‘rmonlarga o‘t qo‘yishda gumon qilgan va do‘pposlay boshlagan. Vaziyatga politsiyachilar aralashib, uch erkakni uchastkaga olib ketgan, biroq olomon ulardan birini politsiya bo‘limidan chiqarib olishga muvaffaq bo‘lgan.

38 yoshli Jamol bin Ismoil shahar maydonida do‘pposlangan, so‘ng boshidan benzin quyib, yoqib yuborilgan. Qurbonni qutqarishga uringan politsiya xodimlari ham jabrlangan. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, u aybsiz bo‘lgan, shunchaki odamlarga yong‘inni o‘chirishda yordam berishga kelgan.

Jazoir shimoli-g‘arbidagi Tizi-Uzu tumani o‘rmonlarida yong‘inlar 2021-yil avgustida yuz berib, kamida 90 kishining hayotiga zomin bo‘lgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi