Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yaponiya Markaziy banki uchta eng yirik milliy banklar bilan hamkorlikda 2023-yilning bahorida raqamli iyenani sinovdan o‘tkazishning so‘nggi amaliy bosqichini boshlaydi. Bu haqda Nikkei xabar berdi.

Foto: Nikkei

Foto: Nikkei

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiya milliy raqamli valyutasini ikki yillik sinovdan o‘tkazishda foydalanuvchilar omonatlardan foydalanishi mumkinligiga ishonch hosil qilish niyatida. Tizimning o‘zi esa internet aloqasi bo‘lmagan taqdirda ham ishlayveradi.

Biroq Yomiuri gazetasiga ko‘ra, test sinovlari davomida alohida kompaniyalar va jismoniy shaxslar raqamli iyenani amalda sinab ko‘rishi kutilmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, testning ushbu so‘nggi bosqichi yakunlangandan so‘ng, 2026-yilda iqtisodiyotga raqamli iyenani joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi mumkin.

Bungacha, 2021-yilda va joriy yilda mutaxassislar raqamli valyutani chiqarish va muomalaga kiritish bilan bog‘liq funksiyalarni sinab ko‘rishgan.

Kriptovalyutalar singari, raqamli valyutalar ham klassik pullardan farqli o‘laroq, faqat raqamli makonda qo‘llaniladi.

Biroq kriptovalyutalarda emitent deyarli har qanday foydalanuvchi bo‘lishi mumkin, raqamli milliy valyutaning emitenti esa davlat regulyatori hisoblanadi.

Yaponiya AQSH va Yevropa davlatlarining raqamli valyutalar sohasidagi qadamlarini yaqindan kuzatishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq Yaponiyada inflyatsiya 40 yillik rekord darajaga yetgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Iskandarov — eng yaxshi futbolchi, Kapadze — eng yaxshi murabbiy. O‘zbek futbolida 2022-yilning eng yaxshilari aniqlangan marosimdan fotoreportaj
Madaniyat
Farzandidan ayrilgan, 3 soat uxlagan, hojatxonada farroshlik qilgan: muvaffaqiyatga erishish yo‘lida turli qiyinchiliklardan o‘tgan yulduzlar (foto)
Mahalliy
“Sirdaryoda bir so‘m ham o‘g‘irlanmaydigan, korrupsiyasiz tizim yaratilishi kerak” — Sardor Umurzoqov