Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kefir tarkibida xamirturush va bakteriyalarning optimal miqdori mavjud bo‘lib, buning natijasida u nafaqat yoqimli tetiklantiruvchi ichimlik, balki muhim dorivor xususiyatlar manbai ham hisoblanadi. Aslida kefir foydali mikrobiotadir, u ichimlikni kuchli probiyotik mahsulotlardan biriga aylantiradi. Bundan tashqari, kefir shunchaki mazali, deb yozadi Marie Claire.

Foto: Marie Claire

Foto: Marie Claire

Kefir yogurtga juda o‘xshaydi. Biroq u foydali bakteriyalarning ko‘proq shtammlari, jumladan, kamroq shakar vaorganizm salomatligi va teri holatiga foydali bo‘lgan ko‘proq bio-asosli mahsulotlardan iborat. Ayniqsa, echki suti kefiri oddiy sigir sutidan ko‘ra inson organizmi uchun foydalidir.

Lactobacillus acidophilus va Bifidobacterium bifidum’ga boy kefir tarkibida sezilarli miqdorda sut kislotasi bakteriyalari va foydali xamirturushlar mavjud. Uni muntazam ravishda ichish ovqat hazm qilish tizimini foydali mikroorganizmlar bilan to‘ldirishga yordam beradi. Bundan tashqari, terini parvarish qilish rejimida ushbu ichimlikdan foydalanish teri hujayralarini antioksidant, vitamin, organik kislota, yog‘ va oqsillarning kombinatsiyasi bilan to‘yintiradi. Bu yosh ko‘rinish uchun haqiqiy retsept.

Ammo qarishni sekinlashtirish va yosharish ta’sirini ta’minlash uchun kefirni qanday ichish kerak?

Foto: Marie Claire

Foto: Marie Claire

Ko‘p miqdorda yangi tayyorlangan kefirni ichish foydali probiotik bilan tanishishni boshlashning yaxshi usuli emas. Afsuski, bu ko‘ngil aynish va hatto diareya kabi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Agar birinchi kuni to‘liq stakan kefir ichilsa, organizm detoks holatiga o‘tishi mumkin. Bu kuchli ichimlik, shuning uchun uni oson qabul qilish, ta’m sezgilarini tinchlantirish va sog‘lom odatni kundalik hayotga kiritish uchun xavfsiz rejani amalga oshirish kerak.

1-2 kunlar:

Kuniga bir osh qoshiq kefir ichiladi. 14 yoshdan oshgan bolalar uchun yarim osh qoshiq yetarli, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun — chorak.

3 kundan 10 kungacha:

Kattalarga har kuni dozani ikki baravar oshirish tavsiya etiladi, 10-kunning oxiriga kelib kunlik iste’mol miqdori kuniga 100 ml ga yetkaziladi. 14 yoshdan oshgan bolalar 10-kunning oxiriga kelib kuniga 50 ml gacha dozani ikki baravar oshirishi mumkin. 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun har kuni dozani ikki baravar oshirish va 10-kunning oxiriga kelib 25 mlda to‘xtatish tavsiya etiladi. 11-kundan boshlab bir xil dozani saqlash kerak.

Kunning qaysi vaqtida kefir ichish yaxshiroq? Dastlabki kunlarda uni kechasi ichish tavsiya etiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kefirda mavjud bo‘lgan muhim aminokislota triptofan ong va asablarni tinchlantirishda juda foydali. Ko‘pchilik uchun bu odat sifatli uyquni ta’minlaydi, ertalab shishni kamaytiradi va energiya bilan to‘ldiradi.

Kefir ichishning dastlabki ikki haftasidan so‘ng uni kunning turli vaqtlarida ichish mumkin. Bir hafta davomida ertalab ovqatdan keyin, keyingi bir hafta davomida ovqatdan oldin ichish tavsiya etiladi. Rejimni tanlash uchun organizmning och qoringa va ovqatdan keyin kefirga qanday munosabatda bo‘lishini kuzatish kerak.

Organizmni kislotalilik bilan ortiqcha zo‘riqtirmaslik uchun birinchi navbatda ovqatdan keyin kefirni iste’mol qilishni boshlash tavsiya etiladi. Dastlabki 14 kundan so‘ng o‘zingizga mos keladigan usulni topish uchun boshqa variantlarni sinab ko‘rishingiz mumkin. Ba’zi odamlar ovqatdan oldin kefir ichsa, ishtahasi bo‘g‘iladi. Shuning uchun vazn kamaytirishni istaganlar ovqatdan oldin kefir ichish texnikasidan foydalanadi. Agar oshqozon-ichak kasalliklari bo‘lsa, bu borada ehtiyot bo‘lish va shifokorga murojaat qilish lozim.

Bir nechta ogohlantirishlar:

Kefirni qizdirmaslik lozim. Harorat barcha foydali bakteriyalarni o‘ldiradi. Xona harorati kefir uchun ideal.

Asalni kefir, zarchava va antibakterial xususiyatlarga ega boshqa kuchli mahsulotlar bilan aralashtirmaslik lozim. Ular foydali bakteriyalarni yo‘q qiladi.

Kefirni konservalangan sharbat va boshqa qayta ishlangan mahsulotlar bilan aralashtirmaslik kerak. Aksariyat konservantlar kefir bakteriyalarini foydasiz qiladigan va boshqa kimyoviy moddalarni o‘z ichiga oladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Iskandarov — eng yaxshi futbolchi, Kapadze — eng yaxshi murabbiy. O‘zbek futbolida 2022-yilning eng yaxshilari aniqlangan marosimdan fotoreportaj
Madaniyat
Farzandidan ayrilgan, 3 soat uxlagan, hojatxonada farroshlik qilgan: muvaffaqiyatga erishish yo‘lida turli qiyinchiliklardan o‘tgan yulduzlar (foto)
Mahalliy
“Sirdaryoda bir so‘m ham o‘g‘irlanmaydigan, korrupsiyasiz tizim yaratilishi kerak” — Sardor Umurzoqov