Futbol bo‘yicha JCH—2022 1-turida Urugvay va Janubiy Koreya terma jamoalari 24-noyabr, payshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuv teng kurash va har ikki tomonning hujumlari ostida o‘tdi. Biroq o‘yin davomida hisob ochilmadi.
Guruhning ikkinchi o‘yini Portugaliya va Gana terma jamoalari o‘rtasida kechadi. Uchrashuv 21:00 da boshlanadi.
Kelasi turda Janubiy Koreya Gana bilan o‘ynasa, Urugvay terma jamoasi Portugaliyaga qarshi saf tortadi.
JCH—2022
1-tur bahsi
24-noyabr, payshanba
Urugvay — Janubiy Koreya 0:0
Urugvay: Rochet, Kaseres, Godin, Ximenes, Olivera (Vinya, 79), Vesino (de la Krus, 78), Bentankur, Valverde, Pelistri (Varela, 88), Suares (Kavani, 64), Nunyes.Janubiy Koreya: Kim Shin Gyu, Kim Mun Hvan, Kim Yon Gvon, Kim Min Je, Kim Chin Su, Chon U Yon, Li Je Son (Son Chun Ho, 75), Hvan In Bom, Son Hyon Min, Hvan Iy Jo (Cho Gyu Son, 74), Na San Ho (Li Kan In, 75).
Ogohlantirishlar: Kaseres (57), Cho Gyu Son (88), Varela (90+8).
Izoh (0)