Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turk seriallari kundan-kunga dunyo bo‘ylab ommalashib bormoqda. Ular nafaqat Turkiyada, hatto o‘z kino sanoatiga ega bo‘lgan mamlakatlarda ham muvafaqqiyatli namoyish etilmoqda. Turk kinosi va seriallarining o‘ziga xos jihati shundaki, ular madaniyati, urf-odati va an’analari, mazmuni yuqoriligi bilan boshqa davlat kino loyihalardan ajralib turadi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Chiroyli ekran tasviri uchun serial voqealari sodir bo‘lgan muhitni topib suratga olish katta ahamiyatga ega. Qasrlar, hashamatli uylar va villalar, mehmonxonalar, kafelar, shuningdek, kostyumlar — bularning barchasi katta mablag‘ni talab qiladi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Shunday loyihalar borki, ularni suratga olish qimmatga tushadi, bunda loyihalarni yaratuvchilar haqiqatan ham tomoshabinlarning fikriga, ya’ni reytinglarga tayanadi. Shu sababli, yaxshi natijaga qayd etmagan loyihalar tezda yopiladi. Suratga olinishiga kam mablag‘ ketsa ham muvafaqqiyatli chiqqan loyihalar ham mavjud.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Masalan, so‘nggi yillarning eng qimmat loyihalaridan biri “Barbarossalik aka-ukalar” serialidir. Buning ajablanarli joyi yo‘q, davlat kanali yuqori budjetli loyihaga tayyorgarlik ishlari uchun o‘rtacha 2 million 685 ming dollar sarflagan, loyiha har bir epizod uchun 134 ming 316 dollar ajratgan. Xususiy kanallar bu ishga qodir emas. Tayyorgarlik ishlariga o‘rtacha 80 000 dollar sarflanadi, har bir epizod uchun esa undan ham kamroq to‘lanadi. Budjetga loyihada suratga tushayotgan aktyorlarning maoshi ham kiritiladi.

Bu mablag‘lar serialda aks ettirilgan qadimiy shaharlar, aholi punktlari yoki davrni qayta tiklash uchun go‘zal atrof-muhit, manzaralar yaratishga yo‘naltiriladi. Ijrochilar uchun liboslar tayyorlaydigan stilistlar va kostyum ustalarining ishiga ham katta pul sarflanadi. Tarixiy seriallarda esa (“Alparslon”, “Buyuk Saljuqiylar”) dizaynerlarning yuqori sifatli ishi tufayli uzoq o‘tmish davrini his qilish mumkin.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Yoki ma’lum bir tarixiy davrdagi, masalan, “Qonunsizlik o‘lkasi”, “Aziz” seriallarida o‘tgan asr boshlarida sodir bo‘lgan voqealarga moslab 1000 tagacha kostyum tikish kerak bo‘lgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Loyihalar mashhur stilistlarning ishlarini ham ko‘rsatib berishi mumkin. Masalan, “Baliqchi qush” teleserialida bosh qahramon Seyran tomoshabinlar va turmush o‘rtog‘ining xayolida Tayfun Kaba dizaynerining 2,835 dollar qiymatga ega libosida paydo bo‘lgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Atrof-muhitni (uylar, interyerlar) qayta tiklash uchun zamonaviy loyihalarda ko‘p harakat qilish kerak. Tasvirga olish guruhi serial qahramonlarining yashash muhitini qayta tiklash bo‘yicha ish davomida saroylar, jamoat binolari, kafelar va boshqa binolarni ijaraga oladi. Ayniqsa, seriallarda, tabaqalash ta’kidlangan barcha loyihalarda hashamatli uylarni ko‘rish mumkin. Bu haqiqiy sanoatga aylandi, ko‘plab uylar kino kompaniyalar ijarasi tufayli mashhur bo‘ldi.

Joyni ijaraga olish loyihalar budjetining katta qismini egallaydi. Biroq ba’zida qahramonlar o‘z hayotini o‘tkazadigan uyning atmosferasi sabab serialning kadrlari ta’sirli ko‘rinadi. “Lazinlar saroyi” nomi bilan mashhur Riseli Izzetning uyi “Xazonrezgi” (katta oila hayoti haqidagi drama) va “Atirgullar naqshi” seriallari uchun ham ijaraga olingan.

Riseli Izzet Tuzjuo‘g‘lining Beylerbeyidagi saroyi turk kinosining afsonaviy rejissori Usmon Seden tufayli kino sanoati va teleseriallarida mashhur bo‘ldi. Qayta tiklangan va bugungi kunda foydalanishda davom etayotgan saroyni ijaraga olish narxi 2021-yilda kuniga 1 300 dollardan 2 600 dollargacha etib belgilangan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Adnan Bey rafiqasi Behter va yaqin qarindoshlari bilan birga yashagan uyning ijarasi ko‘plab tomoshabinlarga qiziq. “Taqiqlangan sevgi” efirga uzatilgan davrda reyting rekordlarini yangiladi va uy ham juda mashhur bo‘ldi. O‘sha paytda uy “Taqiqlangan sevgi” jamoasiga oyiga 320 dollarga ijaraga berilgan, jami yetti xona va mehmonxonasi bo‘lgan uyning narxi roppa-rosa 2 million dollarni tashkil etadi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

“Parchalangan”, “Kumush”, “Lolalar vaqti” seriallarining suratga olish ishlari ham bo‘lib o‘tgan saroy, serial suratga olingan uylar ham tomoshabinlarni hayratga solgan. Chiroyli ko‘rinishi bilan har bir kishini sehrlab qo‘yadigan uy egasi Ebru Mengenejio‘g‘li 2014-yilda oyiga 50 ming dollar evaziga saroyni ijaraga olgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

“Gul va pul ishqi” seriali suratga olingan uy egasiga yaxshi daromad keltirdi. Tuba Buyukustun va Engin Akyurek ishtirokidagi loyiha eng ko‘p tomosha qilingan seriallardan biri bo‘ldi. Saroy Feryal Gulmanga tegishli. Feryal Gulman suratga olish guruhidan har bir suratga olish kuni uchun 530 dollar so‘ragan. Serial bir yil davom etganini hisobga olinsa, uy egasi katta mablag‘ga ega bo‘lganini ta’kidlash mumkin.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Sabanji oilasining vakillaridan biri o‘z qasrini “Baliqchi qush” loyihasiga ijaraga bergan. Saroy egasi uni prodyuser Onur Guvenatamga do‘st sifatida bergan, uyni ijaraga olish uchun sarflangan 32 200 dollar nogiron bolalarga yordam berish uyushmasiga berilgan. Beylerbeyida joylashgan saroy ilgari turkiyalik taniqli tadbirkor, milliarder, yozuvchi va xayriyachi Sakip Sabanjining uyi bo‘lgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Mehmonxona tarkibining bir qismi bo‘lgan, biroq asosiy binolardan uzoqda joylashgan Rivadagi uy seriallarda ketma-ketlikda uchraydi. Bu “Taqiqlangan sevgi” Bihter va Behlulning uchrashadigan joyi hisoblanadi. 2009-yilda bu joyning bir kunlik narxi 1500 dollarni tashkil qilgan. Bundan tashqari “Malikam, endi qara” seriali qahramonlari Murat va Hayot asal oyi davomida shu yerda bo‘ladi. “Taqiqlangan sevgi” serialidan keyin katta e’tibor qozongan bu maskanga ziyoratchilar tashrif buyuradi. Uy hali ham ko‘p tadbirlar va bayramlar uchun ijaraga olinadi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

“Qashqirlar makoni” serialida foydalanilgan mashhur villa boshqa loyihalarda ham uchraydi. Bu uy turli sahna chiqishlari  tufayli mashhur bo‘ldi. Nihoyatda hashamatli va o‘ziga xos bog‘ bezaklari bilan e’tiborni tortadigan qasr ikki qavatli va bog‘da katta bezaklardan iborat hovuzga ega. Ushbu uy kino sanoatida hali ham mashhur. Bu saroyning 2017-yildagi bir kunlik ijarasi 260 dollarni tashkil etgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Turkiyaning ko‘plab mintaqalarida uylar va jamoat joylari serial va filmlarning suratga olish ishlari uchun ijaraga beriladi. Istanbulda, asosan Beykoz, Uskudar, Kanlija va Sariyer tumanlarida joylashgan hashamatli uylardan suratga olish jarayonlarida foydalaniladi. Hozirda uylarni ijaraga olish sanoatga aylandi va teleko‘rsatuvlar yoki filmlar uchun uyini ijaraga berib tirikchilik qilayotganlar soni sezilarli darajada oshdi.

Katta xarajatlar tufayli turk seriallari yorqin, rang-barang, ajoyib ko‘rinadi. Bunga Turkiyaning tabiiy go‘zalliklari, tarixiy obidalari, me’morchiligi, o‘ziga xos muhiti bilan qadimiy shaharlari qo‘shilsa, seriallar tomoshabinlarda o‘chmas taassurot qoldiradi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Yevropa gaz iste’molini kamaytirmoqda
Mahalliy
Toshkentda yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi (video)
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi