Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turk aktrisasi Asli Enver sevgilisi, tadbirkor Berkin Go‘kbudak bilan turmush qurdi.

Aktrisa avvalgi sevgilisi O‘nder O‘ztarxon bilan ajrashgach sayohat qilishga qaror qildi. U Kiprga, Angliyaga va bolaligi o‘tgan Londonga tashrif buyurdi. Aktrisa 12 yoshida ota-onasi ajrashganidan keyin Turkiyaga ko‘chib o‘tgan. Asli sayohatdan qaytib kelganidan keyin do‘stlari bilan ziyofatda tanishgan tadbirkor Berkin Go‘kbudak bilan uchrasha boshladi.

Foto: “Yandeks.ru”

Foto: “Yandeks.ru”

Asli Enver bilan turmush qurgan tadbirkor Berkin Go‘kbudak biznes olamida mashhurlikka erishgan. Go‘kbudak 1983-yilda tug‘ilgan. U Sabanji universitetida sanoat muhandisligi bo‘yicha bakalavr darajasini, keyin esa Galatasaroy universitetida Marketing kommunikatsiyalari boshqaruvi bo‘yicha magistrlik darajasini olgan. Tadbirkor Berkin avval uylangan, uning 8 yoshli o‘g‘li bor.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Hozirda u Johnson & Johnson markali dori-darmonlar guruhiga kiruvchi Turkiyadagi Janssen kompaniyasining gematologiya bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritadi. Rahbarlikdan tashqari, u mahsulot menejeri, savdo samaradorligi bo‘yicha biznes tahlilchisi va mijozlar bilan aloqalar qilish bo‘yicha ham ishlaydi. Asli Enver 2012-yilda u Birkan Sokullu bilan oila qurgan edi, biroq juftlik oradan uch yil o‘tib ajrashdi. Shundan keyin aktrisaning shaxsiy hayoti masalasi bilan bog‘liq barcha urinishlari ajrashish bilan tugadi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Aktrisaning shaxsiy hayot masalasida omadi kelmadi, biroq u kino olamda katta muvafaqqiyatga erishdi. U faoliyati davomida 14 ta loyihada suratga tushdi. Aslining kinodagi debyuti 2003-yilda suratga olingan, ikki fasl davom etgan “Hayot ilmi” serialida bo‘lgan. Shundan so‘ng aktrisa har yili yangi loyihalarda suratga tushdi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Aktrisa “Istanbullik kelin” serialida suratga tushganidan keyin nafaqat Turkiyada, balki butun dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishdi. Turkiyaning dunyoga mashhur aktyorlaridan biri Kaan Urganjio‘g‘lu ishtirokidagi “Ishonchli qo‘llarda” filmi aktrisaning karyerasida yangi bosqich bo‘ldi. Loyiha Netflix’da efirga uzatildi va bir necha hafta davomida xalqaro raqamli platformada translyatsiya qilinadigan eng yaxshi 10 ta film qatoridan joy oldi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Asli Enver ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga to‘y suratlarini joylagach ko‘plab taniqli turk aktrisalari va aktyorlari unga baxt tilab izoh qoldirdi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Iskandarov — eng yaxshi futbolchi, Kapadze — eng yaxshi murabbiy. O‘zbek futbolida 2022-yilning eng yaxshilari aniqlangan marosimdan fotoreportaj
Madaniyat
Farzandidan ayrilgan, 3 soat uxlagan, hojatxonada farroshlik qilgan: muvaffaqiyatga erishish yo‘lida turli qiyinchiliklardan o‘tgan yulduzlar (foto)
Mahalliy
“Sirdaryoda bir so‘m ham o‘g‘irlanmaydigan, korrupsiyasiz tizim yaratilishi kerak” — Sardor Umurzoqov