21-noyabr kuni Indoneziyada 5,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Uning epitsentri poytaxt Jakartadan 74 kilometr janubi-sharqda, 10 kilometr chuqurlikda joylashgan. Hukumatning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 160 dan ortiq odam halok bo‘lgan.
Zilzila epitsentriga yaqin Chanjur shahrida 2 345 ta uyga jiddiy zarar yetgan, 13 400 kishi evakuatsiya qilingan. Odamlar dalalarda chodir qurib yashamoqda.
Shu bilan birga, Chanjur mahalliy hokimiyati ayrim joylarda odamlarni evakuatsiya qilish ishlari ko‘chki tufayli murakkablashayotganini ta’kidladi.
Izoh (0)