Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yevroparlament Rossiyani “terrorizm homiysi ”deb tan olish haqidagi rezolyutsiyani tayyorladi. Bu haqda Yevroparlament deputati va Litva sobiq bosh vaziri Andrius Kubilius Twitter’da ma’lum qildi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevroparlament siyosiy guruhlari o‘rtasida to‘rt soat davom etgan muzokaralardan so‘ng rezolyutsiya matni bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Siyosatchi rezolyutsiyaning asosiy punkti “Yevropa parlamenti Rossiyani terrorizmning homiysi va terrorizm vositalaridan foydalanadigan davlat sifatida tan olishi” bo‘lishini aytdi.

Yevroparlament kun tartibi bo‘yicha rezolyutsiyaga ovoz berish 23-noyabrga belgilangan. Ukraina AQShni bir necha bor Rossiyani “terrorizm homiysi” sifatida tan olishga chaqirgan. Vashington hali bunday qadam tashlashga shoshilmayapti, biroq Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bir necha bor “yo‘q” deyilgani, ammo oxir-oqibat qaror qabul qilinganini ta’kidladi.

Avgust oyida Latviya Rossiyani “terrorizm homiysi” deb tan olgan bayonotni qabul qildi, shuningdek, Yevropa Ittifoqi davlatlarini Rossiya va Belarus fuqarolariga vizalar berishni to‘xtatishga chaqirdi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Prava”ni yangisiga almashtirib beradigan onlayn xizmat faoliyatida nosozlik kuzatilmoqda
Mahalliy
O‘zbekistonda gaz zapravkalar qayta ochilishi kutilmoqda
Dunyo
Rossiya Belarusga yangi harbiy qismlar joylashtirdi — Ukraina chegara xizmati