Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya va Xitoy energiya ta’minoti uchun to‘lovni milliy valyutalarda amalga oshirishga o‘tmoqda. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Uning so‘zlariga ko‘ra, gap to‘lovlarning rublda ham, yuanda ham amalga oshirilishi haqida ketmoqda.

Misol sifatida, bugungi kunda “Gazprom” va Xitoy o‘rtasida gaz yetkazib berish paritet asosda rubl va yuanda amalga oshirilmoqda, — deb tushuntirdi bosh vazir o‘rinbosari.

Novak, shuningdek, Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi energiya savdosi pul ko‘rinishida 64 foizga oshganini qayd etdi.

Bu neft va gaz ta’minoti, shuningdek, ko‘mir va elektr ta’minotining taxminan 10 foizga o‘sishiga sabab bo‘ladi, — dedi bosh vazir o‘rinbosari.

Rossiyaga qarshi keng ko‘lamli moliyaviy va savdo sanksiyalar sabab mamlakatdan g‘arb brendlari chiqib ketdi, natijada paydo bo‘lgan tovar tanqisligini Xitoy mahsulotlari to‘ldirmoqda.

Valyuta bozorida Xitoy eksportiga talabning jonlanishi kuzatilmoqda. Yuan-rubl juftligi bo‘yicha savdo hajmi o‘tgan oyda eng yuqori darajaga ko‘tarildi, chunki Xitoy valyutasiga mahalliy talab o‘sdi.

Avvalroq Rossiya iqtisodiyotining Xitoyga qaramligi vaqt o‘tishi bilan kuchayishi haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 29-may kuni 39 darajagacha issiq bo‘ladi
Shou-biznes
“Xitoydan o‘ligim qaytadi deb qo'rqqanman”. Uch xil ovozda gapira oladigan xalqaro sirk ustasi, vayner Sherzod Mamadaliyev bilan suhbat (video)
Mahalliy
Xorazmda 3-sinf o‘quvchilariga behayo xatti-harakatlar qilgan 61 yoshli o‘qituvchi besh sutkaga qamaldi