Qo‘shnichilik aloqalarini kuchaytirish va hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash Shavkat Mirziyoyev tomonidan tashqi siyosatdagi asosiy ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan. Bu haqda 18-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo konferensiyasida Taraqqiyot strategiyasi markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.
Eldor Tulyakovning aytishicha, hozirda Yevropa Ittifoqi ko‘magi asosida Markaziy Osiyo mintaqasidagi imkoniyatlarni yangi bosqichga olib chiqish masalasi ko‘rilmoqda.
Markaziy Osiyoda katta-katta islohotlarni amalga oshirish uchun, albatta investitsiya, yaxshi tajriba kerak. Bu esa Yevropa mamlakatlarida bor. Bugungi tadbirda jahonning nufuzli tashkilotlari, banklari ishtirok etmoqda. Bu esa qo‘yilayotgan maqsadlarni moliyalashtirishga tayyor bo‘lgan tashkilotlar borligini, ushbu masalalar qog‘ozda qolib ketmasligini anglatadi. Buni konferensiya ishtirokchilar ham ta’kidlamoqda, — deydi Taraqqiyot strategiyasi direktori.Uning qayd etishicha, oxirgi 10 yilda Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoga 100 milliard dollardan ortiq mablag‘ kiritgan. Bu raqam umumiy investitsiyalar hajmining 40 foizini tashkil etadi. Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoda eng katta investor mamlakat sifatida ko‘rilmoqda.
“Ayni damdagi vazifa turli koridorlarni kengaytirish va ulardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish hisoblanadi”, — deb qo‘shimcha qildi u.
Izoh (0)