Latviyaning Rossiyadagi elchisi Maris Riekstins Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi va u yerda sovet obidalari buzilishi va “Rossiya mulkiga qarshi noqonuniy xatti-harakatlari” tufayli unga “qattiq norozilik” bildirildi, deb yozadi Meduza.
“Shu kabi barcha do‘stona bo‘lmagan harakatlar uchun javobgarliklar to‘liq Latviya tomonida ekanligi ta’kidlandi. Biz javob choralarini, jumladan, assimetrik qadamlarni qo‘llash huquqini saqlab qolamiz, bu albatta Rigani hushyorlikka undaydi”, — dedi Rossiya TIV.
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan ko‘p o‘tmay, Latviyada sovet obidalarini demontaj qilishga ruxsat beruvchi qonun qabul qilindi. Avgust oyida Rigada demontaj qilish ko‘p yillar davomida muhokama qilingan “ozodlik qiluvchi askarlar” haykali buzib tashlandi.
Ukrainadagi urush davom etayotgan bir vaqtda Latviya hukumati Rossiya mulkini — Rigadagi “Moskva uyi” va Yurmaladagi “Yantarniy Bereg” sanatoriysini musodara qilish rejasini e’lon qildi.
9-noyabr kuni Latviyadagi sovet askarlariga bag‘ishlangan so‘nggi yirik yodgorlik — “Rezekne xaloskorlari” haykali buzib tashlandi.