Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainaga bostirib kirishi bilan bog‘liq muammolarga ikki voqea urg‘u berdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Rossiya armiyasining Ukraina janubidagi Xerson shahridan chekinishi to‘g‘risidagi buyruq jang maydonidagi katta muvaffaqiyatsizlik hisoblanadi. Putinning kelgusi hafta Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan G20 sammitiga bormaslik qarori esa uning diplomatik nufuzi pasayib borayotganidan dalolat beradi.
Bloomberg Putin Rossiya mudofaa vaziri va Ukrainadagi oliy harbiy qo‘mondonning televideniye orqali o‘tkazilgan yig‘ilishda harbiylarni Xersonning g‘arbini tark etishi to‘g‘risidagi xabariga tayyor bo‘lmaganini keltirib o‘tadi.
“Kreml prezidentni Xerson va Ukrainaning yana uchta hududini abadiy anneksiya qilish haqidagi da’vosiga zid bo‘lgan mag‘lubiyatlar bilan bog‘lashni istamayapti” deyiladi xabarda.
Putinning AQSH prezidenti Jo Bayden va G20 sammitidagi boshqa dunyo yetakchilari tomonidan Ukrainaga bostirib kirishi sababli qattiq tanqidga duch kelishi xavfi, ishtirok etishdan keladigan har qanday foydadan ustun, deb baholangan.
“Rossiya rahbari Xitoy rahbari Si Szinpin yoki Hindiston bosh vaziri Narendra Modiga qandaydir diplomatik niqob qidirgan bo‘lishi mumkin. Ammo ikkala yetakchi ham o‘tgan haftada norozilik signallarini yubordi: Si yadro qurolidan har qanday foydalanishdan ogohlantirdi va Modi rivojlanayotgan davlatlar mojaroning oziq-ovqat va energiya xavfsizligini kuchaytirishidan juda qattiq og‘riq his qilishini aytdi”, — deyiladi Bloomberg’da.
9-noyabr kuni Bayden Rossiyaning Xersondan chekinishi haqida gapirib, Rossiya armiyasida real muammolar borligini ta’kidlagandi. U rus qo‘shinlarining Xersondan olib chiqilishi “hammaga qish mavsumida o‘z pozitsiyalarini qayta ko‘rib chiqish uchun vaqt berishi”ni aytgan.