Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sochlarni parvarishlash va turmaklashda ko‘plab ayollar xatoga yo‘l qo‘yadi. Sochni quritish, turmaklash, yuvish jarayonlarida ham ma’lum bir kamchiliklarga yo‘l qo‘yish sochlarning jilokorligiga va ko‘rinishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. AdMe nashri sartaroshlar sochlarda sinab ko‘rmaydigan va maslahat bermaydigan holatlar haqida ma’lumot berdi.

Sochlaringizni yuvayotgan vaqtda ishqalamang

Sochingizni yuvayotganda, unga juda ehtiyotkor bo‘lishingiz kerak. Har qanday holatda ham ularni ishqalamasligingiz kerak. Boshni to‘g‘ri yuvish texnikasida shampunni massaj harakatlari bilan qo‘llash kerak, so‘ngra uni suv bilan yuvib tashlang, qo‘llaringizni va barmoqlaringizni bosh terisi va sochlar orasiga o‘tkazing.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Sochingizni bir marta yuvmang

Sochingizni ikki marta yuvishingiz kerak, chunki faqat bu holatda siz haqiqatan ham toza sochlarga erishishingiz mumkin. Gap shundaki, birinchi yuvish yog‘ va kir qatlamini yo‘q qiladi, ikkinchisi esa ularni butunlay yuvadi. Bundan tashqari, sochlarni ikki marta yuvish ularning uzoqroq toza bo‘lib turishiga xizmat qiladi, bu holatda siz sochlaringizni har kuni yuvishingiz shart emas.

Foto: “Yandeks.ru”

Foto: “Yandeks.ru”

Niqoblarni e’tiborsiz qoldirmang

Sochlarga qilinadigan turli xil manipulyatsiyalar tufayli, dazmol qilishdan sochlarni bo‘yashgacha, qo‘shimcha oziqlantirishsiz tabiiy jilokorlikni va silliqligini saqlab qolish qiyin. Shuning uchun soch niqoblarini e’tiborsiz qoldirmaslik juda muhim. Stilistlar niqoblarning konditsionerlarga qaraganda ancha samarali ekanligiga ishonadi, chunki ular soch tolalariga yaxshi so‘riladi va ularni tiklaydi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Nam sochlarga turmaklash vositalarini ishlatmang

Issiq turmaklash vositalarini nam sochlarga qo‘llash orqali biz ularni “qovuramiz”. Hatto butunlay quruq sochlar ham mikroskopik yoriqlar bilan qoplanib, yuqori harorat ta’siridan zararlanadi. Biroq nam sochlar juda mo‘rt bo‘lib, doimiy ravishda issiq turmaklash vositalari bilan dazmol qilinganda juda tez mo‘rt, rangi xiralashib va uchlari bo‘linib qoladi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Sochni har kuni bir xil joyda rezinka bilan bog‘lamang

Sochlarni yig‘ib qo‘yish yoki rezinka bilan bog‘lash, biz odatda rezinkani har doim bir joyda mahkamlashimizga e’tibor bermaymiz. Biroq bu odat sochlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ularni mo‘rt qiladi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun soch turmagini tez-tez o‘zgartirishingiz kerak, shunda sochlarning ba’zi qismlari dam oladi, boshqalari esa bog‘lanadi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Sochingizni kir taroq bilan taramang

So‘nggi daqiqaga qadar taroq juda kir ekanligini sezmasligingiz mumkin, biroq bu uning bosh terisiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Chang, yog‘, teri zarralari, qoldiqlar uning ustiga to‘planadi va bularning barchasi bakteriyalarning ko‘payishi uchun ajoyib muhit bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida, qazg‘oq va boshqa muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Soch dazmollarni haftasiga ikki martadan ortiq ishlatmang

Yuqorida aytib o'tilganidek, issiq asboblarning sochlarga ta’siri har qanday holatda ham zararli. Shuning uchun, sochlarning sog‘lomligi uchun dazmol va boshqa turmaklash vositalaridan tez-tez foydalanmasligingiz kerak: haftada bir necha marta dazmol qilish tavsiya etilgan maksimal miqdor hisoblanadi. Bu faqat termal himoya vositalaridan foydalangan holda amalga oshirilishi kerak.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Sochingizni sochiq bilan artmang

Sochingizga biror narsa qilganda, bu qimmatbaho to‘qimalarning bir turi ekanligini unutmasligingiz kerak. Ipak bluzkani sotib olayotganda, uni qolgan kiyimlar bilan kir yuvish mashinasiga tashlamaymiz, balki nozik yuvish rejimini tanlaymiz. Shunday qilib, agar sochlaringizning sog‘lom, jilokor va silliq ko‘rishni istasangiz, ularni sochiq artmang. Yuvib bo‘lgandan keyin sochlarni zararsiz quritish uchun barmoqlaringiz bilan tolalardagi namlikni ehtiyotkorlik bilan siqib, sochlarni s0chiq bilan sekin-sekin artishingiz kerak, lekin ishqalamang.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Sochingizni tez-tez tarang tortmang

Qattiq tortib turadigan soch turmaklarini yoqtirish shuningdek, tasmalar va rezinkalardan foydalanish bosh terisida stressga, ildizlarning zaiflashishiga va keyinchalik soch to‘kilishiga olib keladi. Agar shu kabi soch turmagini tez-tez tanlasangiz, bu fikrni yodda tuting. Bundan tashqari, sochlar uchun kamroq zararli bo‘lgan, to‘g‘ri tanlangan rezinkalardan foydalangan ma’qul.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Himoya vositalarini qo‘llamasdan nam sochlarni taramang

Sochlarni doimiy tarash ildiz joyida qon aylanishning yaxshilanishiga va sochlarning tez o‘sishiga yordam beradi. Biroq, maksimal foydali bo‘lishi va zarar keltirmaslik uchun buni to‘g‘ri bajarish muhimdir. Tolalar nam holatda shishadi va mo‘rtroq bo‘ladi, shuning uchun umuman dushdan keyin sochni tarash tavsiya etilmaydi. Sochingizni quriting, so‘ngra silliqlash va tarash uchun himoya vositalarini qo‘llang.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Soch quritish fenini sochlarga juda yaqin tutmang

Shoshilinch ravishda, tez quritish uchun soch quritish fenini sochlarga yaqinlashtirish vasvasasi bo‘ladi, biroq bu ishni bajarish tavsiya etilmaydi. Bu quritish jarayonini tezlashtirishga yordam beradi, biroq sabrsizlikning narxi shikastlangan sochlar va, ehtimol, hatto bosh terisi bo‘lishi mumkin. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun sochlarini fen bilan 30 sm masofada saqlashga harakat qilish tavsiya etiladi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Sochni o‘sish yo‘nalishiga qarshi quritmang

Sochingizni fen bilan quritishni ildizlardan boshlash va soch o‘sishi yo‘nalishi bo‘yicha uchlarigacha quritgan  ma’qul. Qarama-qarshi yo‘nalishda quritganingizda, burmalar hosil bo‘ladi va umuman olganda, sochlarga jonsiz ko‘rinish berish xavfi mavjud.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Nam sochlarni sochiq bilan o‘ramang

Uncha xavfli ko‘rinmaydigan bu odat sochlaringizga siz o‘ylagandan ko‘ra ko‘proq zarar keltiradi. Gap shundaki, sochiq ho‘l bo‘lganda, ildizlarni juda kuchli tortib, ularni zaiflashtiradi va sochni mo‘rt qiladi. Maxsus kichik sochiqlar yaxshiroq, chunki ular unchalik og‘ir emas. Biroq, bu ham illyuziya, chunki ularni yanada qattiqroq siqish odatiy hol, bu ham xuddi shu muammoga olib keladi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda banan narxi oshib bormoqda. Endi meva iste’moli kamayadimi?
Mahalliy
O‘zbekistonning barcha hududlarida 10-dekabr yog‘ingarchiliksiz o‘tadi
Dunyo
Sovuq urushni boshlagan Cherchill, Chexiyadagi shifoxonada ommaviy qotillik va Chili diktatori Pinochetning o‘limi. Kun xronologiyasida 10-dekabr