Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ayni paytda mamlakat bo‘ylab juda ko‘p miqdorda intensiv bog‘lar tashkil etilmoqda. Shuning uchun yaratilayotgan bog‘larni sug‘urtalash masalasi dolzarb hisoblanadi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Dehqonchilikda innovatsion faoliyatlar tavakkalchilik bilan bog‘liq. Qishloq xo‘jaligida tovar ishlab chiqaruvchilarining mol-mulkini va yetishtirayotgan mahsulotlarni sug‘urtalash muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, sug‘urta orqali turli ko‘rinishdagi tabiiy ofatlardan ko‘riladigan zararlarni qoplash kafolati ta’minlanadi.

Agrosug‘urta segmentida bog‘lar va uzumzorlarni sug‘urtalashning turli uslublari taklif qilinadi. Ular orasida eng ommaboplari qo‘yidagilar:

  • Qishloq xo‘jalik mahsuloti yetishtiruvchilarning bog‘lardan kam hosil olishi natijasida ko‘radigan moliyaviy zararini sug‘urtalash;
  • Qishloq xo‘jalik mahsuloti yetishtiruvchilarning uzumzorlari hosilini do‘l urishi natijasida kam hosil olishi tufayli ko‘radigan moliyaviy zararini sug‘urtalash;
  • Daraxtlar, toklar va ularning ko‘chatlarini tabiiy ofatlar natijasida zararlanishi yoki nobud bo‘lishidan sug‘urtalash kabilar.
Bugungi kunga qadar mamlakatda faqat ikkita sug‘urta kompaniyasi — “O‘zagrosug‘urta” va “Semurg‘ sug‘urta” kompaniyasi tomonidan qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi xizmatlari taklif qilinmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“O‘zagrosug‘urta”ning bog‘ va uzumzorlar hosilini sug‘urta qilish bo‘yicha shartnomalar tuzish shartlari va tartibi:

Sug‘urta shartnomasi tuzish bog‘larning qishki mavsumga kirishidan boshlanadi va 1 (bir) qishloq xo‘jalik yiliga tuziladi.

Sug‘urta shartnomasi tuzish uchun kerakli hujjatlar:

  • ariza;
  • bog‘lar maydoni;
  • joriy yilda rejalashtirilgan hosildorlik;
  • oxirgi 3 (uch) yilda olingan o‘rtacha hosildorlik;
  • yetishtirgan hosilni sotish bo‘yicha buyurtmachi bilan tuzilgan shartnoma.
Sug‘urta hodisasi — bog‘-uzumzorlar hosili sug‘urta tavakkalchiliklari (bo‘ron, do‘l, kuchli yomg‘ir, sovuq urishi, yong‘in) tufayli kamayishi yoki butunlay nobud bo‘lishi natijasida sug‘urta qildiruvchining moliyaviy zarar ko‘rishi hisoblanadi.

Sug‘urta shartnomasini tuzishdan oldin hamda sug‘urta shartnomasi amal qilish davrida bog‘lar holati yuzasidan muntazam ravishda monitoring olib boriladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Sug‘urta qiymati — bog‘larning o‘rtacha 3 yillik yoki rejadagi hosildorlik, shartnomada kelishilgan xarid narxlari asosida aniqlanadi.

Sug‘urta puli — sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan bo‘lib, sug‘urta qiymatining 50 foizigacha aniqlanadi.

Sug‘urta mukofoti — sug‘urta puli va sug‘urta tarif miqdorlariga asosan hisoblanadi. Urug‘li va danakli bog‘lar hosili bo‘yicha sug‘urta puli alohida-alohida hisoblanadi.

Sug‘urta mukofotlarini to‘lash muddatlari urug‘li va danakli bog‘lar bo‘yicha 1-martgacha, uzumzorlar bo‘yicha 1-aprelgacha etib belgilangan.

Quyidagi holatlarda sug‘urta shartnomasi tuzilmaydi:
  • Sug‘urta qildiruvchi hosilni sotish bo‘yicha buyurtmachi bilan shartnomasi yo‘q bo‘lsa;
  • Sug‘urta qildiruvchi bog‘laridan oxirgi 3(uch) yil davomida birortasidan ham hosil olmagan bo‘lsa;monitoring xulosasi salbiy bo‘lsa;
  • 50 foiz va undan oshiq foizda eskirish vujudga kelgan bo‘lsa;
  • qishda tokzorlar ko‘milmagan bo‘lsa.
Sug‘urta qildiruvchi, sug‘urtalangan bog‘larning zararlanishi yoki nobud bo‘lishi natijasida hosil olish imkoniyati kamaysa yoki yo‘qolsa sug‘urtalovchiga 3 (uch) kun ichida bo‘lib o‘tgan hodisa to‘g‘risida xabarnoma beradi.

Xabarnoma erkin holda yozilgan bo‘lib, unda hodisa ro‘y bergan oy, kun, davr, sodir bo‘lgan hodisaning nomi, davom etish muddati, tezligi yoki jadalligi, zararlangan bog‘lar nomi, qay tarzda zararlanganligi (qisqa holda), bog‘ maydoni, aybdor shaxslar bo‘lgan taqdirda, ular haqida ma’lumotlar beradi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Sug‘urta qildiruvchining sug‘urtaga qabul qilingan hosildorlik qiymati bilan joriy yilda bir gektar bog‘ maydonidan olingan hosil qiymati orasidagi farqi, bog‘lardan ko‘rgan zarari hisoblanadi.

Masalan, fermer xo‘jaligining 10 gektar hosilga kirgan olma bog‘i mavjud. Xo‘jalikning statistik ma’lumotlari asosida o‘rtacha 3 (uch) yillik hosildorligi quyidagicha:

  • 2016-yil 56 s/ga, 2018-yil 64 s/ga, 2012-yil 60 s/ga.
  • O‘rtacha 3 yillik hosildorlik 60 s/ga.
Urug‘lik mevalarni sug‘urta qilishning amaldagi qoidalari shartlariga ko‘ra, hosildorlik quyidagicha aniqlanadi: sug‘urta shartnomasi juft yilda tuzilgan bo‘lsa, uch yillik hosil oxirgi juft yillar hisobidan, toq yilda tuzilgan bo‘lsa, oxirgi toq yillar hisobidan olinadi.

Misol uchun, agar sug‘urta shartnomasi 2022-yilda tuzilgan bo‘lsa, unda uch yillik daromad 2016—2018—2020-yillar uchun belgilanadi.

Fermer xo‘jaligining buyurtmachi — qayta ishlash korxonasi bilan tuzilgan shartnomasida 1 sentner mahsulot narxi 270 ming so‘m belgilangan.

Fermer xo‘jaligining mahsulot sotish shartnomasida jami 10 gektar maydondan 700 s (70s/ga) mahsulot yetishtirish ko‘zda tutilgan.
  • 1 gektar maydondagi hosil qiymati 60 * 270,0 = 16200,0 ming so‘m.
  • Umumiy sug‘urta qiymati jami 10 * 16200,0 = 162 000,0 ming so‘m.
  • Sug‘urta javobgarligi 162 000 * 50% = 81 000,0 ming so‘m
  • Sug‘urta mukofoti 81000 * 9% = 7 290,0 ming so‘m.
  • Sug‘urta shartnomasi amal qilgan davrda sovuq urish natijasida 10 gektar maydondagi bog‘ hosili zararlangan.
  • O‘tkazilgan aprobatsiya natijalari bo‘yicha 35 s\ga hosil olinishi ko‘zda tutilgan.
  • Fermer xo‘jaligining statistik hisoboti asosida 30 s\ga, jami 300 s hosil yetishtirgan.
  • Bu holatda sug‘urta tovonini aniqlashda tasdiqlanganlik haqidagi ma’lumot asos qilib olinadi.
  • 1 ga maydondagi yetishtirilgan hosil qiymati 35*270,0=9450,0 ming so‘m.
  • Sug‘urta tovoni — 10(16200,0-9450,0) 50% = 33 750,0 ming so‘m.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Semurg Insurance” bilan sug‘urta shartnomalarini tuzish shartlari va tartibi:

  • Sug‘urta polisi quyidagi zararlar bo‘yicha xarajatlarni qoplaydi:
  • noqulay tabiat hodisalari, shu jumladan, sovuq urishi;
  • sug‘orish manbalarida suv yetishmasligi va kamligi;
  • kasalliklar va zararkunandalar;
  • yong‘in va chaqmoq urishi;
  • 3-shaxsning noqonuniy harakatlari va boshqa xavf-xatarlar.
Dastlabki kunlardan boshlab kompaniya mijoz bilan yaqindan ishlaydi: o‘z mutaxassislari va agronomlarini jalb qiladi, tuproqni o‘rganadi, bir qator laboratoriya tadqiqotlarini o‘tkazadi, agrotexnologik tadbirlar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi.

Sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgan taqdirda, u yo‘qotishlar uchun tovon to‘laydi va shu bilan mijozga nafaqat mavjud kreditlarni to‘lash, balki o‘z biznesini yangi ekish mavsumiga tayyorlashga ham yordam beradi.

Sug‘urta shartnomasini tuzishdan oldin mijoz ekish tarixi, ekish maydoni va kelajakdagi hosil bo‘yicha barcha ma’lumotlarni aks ettiruvchi ariza shaklini to‘ldiradi.

Quyidagi ma’lumotlar so‘raladi:
  • Sug‘urta qanday xatarlarni qoplaydi?
  • Yo‘qotishlar tarixi (yo‘qotilgan hosil summasi va hajmi).
  • Sug‘urtalangan hosilni yetishtirish tajribasi.
  • Ekin yetishtirish tarixi.
  • Agrotexnologiyalar tarixi.
  • Bundan oldingi ekin haqida ma’lumot.
  • Sug‘orish tizimi haqida ma’lumot.
  • Alohida jadvalda batafsil rentabellik tarixi.
  • Sug‘urta maydoni.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Arizani olgandan so‘ng, mutaxassislar u joyga yetib boradi va tekshirish uchun tuproq namunalarini oladi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, sug‘urtaga qabul qilish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

Sug‘urtaga qabul qilingan taqdirda agrotexnika mijozga beriladi. Monitoring ishlari shartnoma tuzilgan birinchi kundan boshlab hosil tugaguniga qadar amalga oshiriladi.

Sug‘urta mukofoti quyidagilardan hisoblab chiqariladi: 1 gektardan olingan hosil dala hajmi yetishtiriladigan ekinning bozor bahosi 5 yil asos qilib olinadi. Agar 5 yillik tarix bo‘lmasa, 3 yil hisoblanadi. Agar yer yangi bo‘lsa, u holda hududning 5 yillik ma’lumotlaridan kelib chiqiladi.

Masalan, fermer xo‘jaligida 10 gektar maydonda olma bog‘i mavjud.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, fermer xo‘jaligining 5 yillik o‘rtacha hosildorligi quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • 2017-yil — 56 s/ga;
  • 2018-yil — 64 s/ga;
  • 2019-yil — 62 s/ga;
  • 2020-yi — 60 s/ga;
  • 2021-yil — 66 s/ga;
O‘rtacha 5 yillik hosildorlik — 61,6 s/ga. Tuproq tahlili ham o‘tkazilgan bo‘lib, uning natijasida hududning hosildorlik darajasi aniqlandi — 60 s/ga.

Urug‘lik mevalarni sug‘urta qilishning amaldagi qoidalariga ko‘ra, agar tuproq tahlili natijasi oxirgi 5 yil ichidagi o‘rtacha hosildorlik ko‘rsatkichidan past darajani ko‘rsatgan bo‘lsa, u holda tuproq tahlili natijasida aniqlangan hosildorlik darajasidan kelib chiqqan holda hisob-kitob qilinadi.

  • Birjada hosilning bir sentnerini narxi 270 ming so‘m etib belgilandi.
  • 1 ga yerdagi hosildorlik 60*270,0 = 16 200,0 ming so‘m.
  • 10 ga yerdagi jami sug‘urta qiymati 10*16200,0 = 162 000,0 ming so‘m.
  • Sug‘urta javobgarligi 162 000 ming so‘m
  • Sug‘urta mukofoti 162 000,0 * 15% = 24 300,0 ming so‘m
  • Sug‘urta shartnomasi amal qilgan davrda bog‘ning 10 gektar ekin maydoni muzlash oqibatida zarar ko‘rilgan.
  • O‘tkazilgan aprobatsiya natijalariga ko‘ra 35 s/ga hosil olish rejalashtirilgan.
  • Xo‘jalikning statistik ma’lumotlariga ko‘ra, har 30 s/ga yerdan 300 s hosil olingan.
  • Bunday holda, sug‘urta hodisasi miqdori aniqlanadi.
  • 30 s/ga * 10 ga = 300 s
  • 300 s * 270 000 = 81 000 000 so‘m
  • Sug‘urta summasi: 162 000 000 so‘m
  • Zarar: 162 000 000 – 81 000 000 = 81 000 000 so‘m
  • franshiza — 15%
  • Sug‘urta tovoni qiymati: 81 000 000 * 85% = 68 850 000 so‘m
Maqolani tayyorlashda Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlaridan foydalanildi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qashqadaryoda 3 kunlik firma 2,6 mlrd so‘mlik issiqxona o‘rnatish tenderini yutib oldi
Dunyo
Lukashenko Belarus tashqi ishlar vaziri Makey bilan vidolashuv marosimida ishtirok etdi (foto)
Mahalliy
Nukus voqealarida ayblanayotganlar sudi davom etmoqda: asosiy gumonlanuvchilardan biri ikkinchisini firibgar deb atadi