Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

FAO (Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti) hisobotiga ko‘ra, joriy yilning mart oyidan beri arzonlashayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining jahon bozorida narxlari oktabr oyida sentabrga nisbatan biroz — 0,4 punktga pasaygan.

FAO oziq-ovqat narxlari indeksi oktabr oyida 135,9 ni tashkil etdi (sentabrda 136,3 bo‘lgandi). Joriy yilning mart oyidagi eng yuqori ko‘rsatkichga nisbatan indeks 14,9 foizga pasaydi, biroq u o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 foizga yuqoriligicha qolmoqda.

Oktabr oyida g‘alla narxining jahon indeksi sentabr oyiga nisbatan 1 foizga, o‘tgan yilning oktabr oyiga nisbatan 11,1 foizga yuqori bo‘ldi. 

O‘tgan oyga nisbatan g‘allaning barcha asosiy turlariga jahon narxlarida o‘sish kuzatildi. Xususan, bug‘doy 3,2 foizga o‘sdi, “asosan Qora dengiz g‘alla tashabbusi atrofida davom etayotgan noaniqlik tufayli”, deyiladi hisobotda. Ozuqa donining narxi 4,3 foizga oshdi.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

O‘simlik moylari narxlari indeksi oktabr oyida o‘tgan oyga nisbatan 1,6 foizga, yillik ko‘rsatkichlarda esa deyarli 20 foizga past bo‘ldi. 

Ushbu indeksning davom etishi palma, soya va kolza yog‘larining jahon narxlarining pasayishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu kungaboqar yog‘i kotirovkalari o‘sishini qoplagandan ko‘ra ko‘proq, — deya tushuntiradi FAO ekspertlari.

Oktabr oyida sut mahsulotlari narxlari indeksi sentabrga nisbatan 1,7 foizga past bo‘ldi. Uning pasayishi ketma-ket to‘rtinchi oy davom etmoqda. Ammo yillik hisobda narxlar 15,4 foiz yuqori bo‘lgan. 

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Oktabr oyidagi pasayish Xitoydan kutilganidan kamroq xaridlar va spot shartnomalarga talabning sustligi bilan izohlanadi, chunki import qiluvchi mamlakatlarning aksariyati joriy ehtiyojlarini to‘liq qondirdi, — deyiladi hisobotda.

Bir oyda go‘sht narxlari indeksi 1,4 foizga kamaydi. Bu dinamika ketma-ket to‘rtinchi oy kuzatilmoqda va bu go‘shtning barcha turlari bo‘yicha jahon narxlariga xosdir. Biroq, o‘tgan yilning oktabr oyiga nisbatan indeks 6,4 foizga yuqori. 

Oktabr oyida jahon bozorida qo‘y go‘shti narxi eng ko‘p pasayganiga valyuta kurslari dinamikasi va Tinch okeani bo‘yidagi mamlakatlardan import hajmining cheklanganligi sharoitida taklifning mavsumiy o‘sishi sabab bo‘ldi. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Hisobotda aytilishicha, jahon miqyosida cho‘chqa go‘shti narxi yetakchi ishlab chiqaruvchi mamlakatlarda ichki talabning sustligi bilan birgalikda global import xaridlarining qisqarishi natijasida sezilarli darajada pasaydi.

Oktabr oyida shakar narxlari indeksi sentabr oyiga nisbatan 0,6 foizga past, lekin o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan 8,5 foizga yuqori bo‘ldi.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Jahon shakar narxining pasayishi joriy mavsum uchun global ta’minotning qulay prognozi va Hindistonda ishlab chiqarishning kutilayotgan o‘sishi bilan qo‘llab-quvvatlandi.

O‘zbekistonda vaziyat qanday? 

O‘zbekistonda oktabr oyida 1,2 foizlik inflyatsiya qayd etildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida qayd etilgan.

Shu tariqa, oktabrda narxlar aprel oyidan beri eng ko‘p o‘sdi. Aprelda 1,5 foizlik inflyatsiya qayd etilgan edi.

Yil boshidan beri inflyatsiya 9,4 foizga yetgan bo‘lsa, yillik hisobda hamon 12,2 foizni tashkil etmoqda.

Oktabrda narxlar oshishi bo‘yicha yetakchilik xizmatlarga tegishli bo‘lib, oy davomida ularning narxlari o‘rtacha 1,5 foizga oshdi.

Oziq-ovqat mahsulotlari ushbu davrda 1,4 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlar narxlari esa oy davomida 0,9 foizga oshdi.

O‘zbekistonda bir oy ichida eng ko‘p sut mahsulotlari va tuxum narxlari o‘sgan — 4,2 foiz.

Narxlar oshishi bo‘yicha keyingi o‘rinlar sabzavotlar, ildizmevalilar va dukkaklilar (1,5 foiz), go‘sht mahsulotlariga (1,2 foiz) tegishli bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Guruhlarda hazil yoki kinoya qilib aytgan gaplarimni ham chiqarib yuboradigan jurnalistlar bor” — Shohrux G‘iyosov
Mahalliy
“Ko‘pchilik meni yolg‘on ma’lumot tarqatganlikda ayblaydi” — Shohrux G‘iyosov jurnalist va blogerlarning o‘ziga munosabati haqida gapirdi
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi